TRT Haqida

TRT- Turkiya Tele- Radyo Kompaniyasi

Turkiyada “ommaviy jamoat xizmatidagi televideniye” deyilganda “ilk” va “yagona” xususiyatlarga ega bo’lgan TRT 1964-yil 1-mayda tashkil etilgan.
1927-yil 5-mayda eshittirishlarini havo to’lqinlari orqali bera boshlagan radio, 1964-yil 1-maydan e’tiboran TRT tarkibiga kiritildi. Tugmasini bosganimizda yoki murvatini buraganimizda bizni farqli bir olamga yetaklagan radioning faoliyatlariga, 1960-yillarning yakunida yangi bir faoliyat qo’shildi: Televideniye... Turkiya, televideniye bilan 1968-yilning 31-yanvarida ilk marotaba TRT vositasida tanishdi. 81 yoshga to’lgan radio va 40 yoshdagi televiziyon ko’rsatuv va eshittirishlari bilan TRT , Respublika tarixining arxivi va tajribasi hamda mas’uliyatni chuqur his qilgan ishonch manbai, birlik va barobarligimizning ramzi bo’ldi.
TRT tashkil etilgan ilk yillar, albatta, muammo va qiyinchiliklar bilan to’la edi. Teledasturlarni efirga uzatish hayajoni Mithatpashadagi kichik studiyada va nihoyatda qiyin sharoitda boshlangan edi. Lekin televideniye xodimlarining har qanday mashaqqatlarga dosh bera olishlari, azm-u shijoatlari, qat’iyatli urinishlari qisqa vaqt ichida o’z mevasini berdi va TRT Turk xalqining qalbida o’chmas iz qoldirdi. Turkiyaning ham radio-TV maktabi, ham eng ishonchli axborot organi sifatida hozirgacha faoliyat ko’rsatayotgan TRT radio-TV jurnalistikasi sohasida eng muvaffaqiyatli jurnalistlarni yetishtirdi. Shu sababli bir-biridan qiziqarli va rang-barang teledasturlar Turkiye televideniyesi orqali tomoshabinlarga yetib bordi va ularga manzur bo’lmoqda.
TRT radio-TV sohasida faqatgina ommaviy axborot vositasi bo’libgina qolmasdan, balki ayni paytda samarali tajriba maktabi vazifasini ham o’tadi...
Mazkur vazifa nafaqat malakali kadrlarning yetishtirilishi jihatdan, balki axborot bilan ta’minlangan tomoshabinlarning va ta’lim-tarbiyasi jihatdan ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi...
Shunday muhim va sharafli vazifani ado etish hizmatini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan TRT, betaraf, xolis va to’g’ri xabar tarqatish hamda xalq manfaatlari yo’lidagi qat’iy qoidalaridan chetga chiqmagan sifatli tele-radio dasturlari bilan jahonning sanoqli televizion kanallari orasida munosib o’rin egalladi.
Bu yutuqlarga erishishda muhim rol o’ynagan xususiyatlarni umumiy holda quyidagi sarlavhalarda ifodalash mumkin:

Mas’uliyatli va ishonchli xabarchilik

AQSh (Vashington), Belgiya (Bryuksel), Misr (Qohira), Germaniya (Berlin), Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (Nikosiya), Ozarbayjon (Boku), Turkmaniston (Ashxobod), O’zbekiston (Toshkent) va dunyoning turli burchaklaridagi muxbirlar... Qisqasi, Amerikadan Yevropa va Osiyoga, O’rta Sharqdan Kavkazlarga qadar bo’lgan ko’plab muhim markazlarda ochgan byuro va vakolatxonalari yordamida TRT , nafaqat Turkiya qolaversa, dunyoning ko’z-qulog’i bo’lgan... 
Anqaradagi markaz bilan bir qatorda Istanbul, Izmir, Antaliya, Chuqurova, Diyarbakir, Erzurum va Trabzondagi mintaqaviy mudirliklarda o’z sohasida chuqur ixtisoslashgan tajribali xabarchilar, undan tashqari Turkiyaning turli burchaklaridagi mahalliy muxbirlari bilan dinamik bir xabar tarmog’i...
Haqqoniy, betaraf, ishonchli xabarchilik talablari yo’lidagi qat’iyati bilan tinglovchi va tomoshabinlar uchun bir ishonch markasi...

Har yosh va turli madaniyatga mo’ljallangan dasturlar

Ta’lim, madaniyat, musiqa, ko’ngilochar dasturlar, bolalar va sport, bevosita muloqotlar, hujjatli fil’mlar, dramalar, spektakllar va boshqa qiziqarli kinofil’mlardan iborat bo’lgan sifatli dasturlar... Xalqaro standartlarga mos efir, ta’lim, yosh va ijtimoiy-iqtisodiy darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi keng tomoshabin ommasiga manzur bo’lgan, ularning ishonchini oqlay olgan bir telekanal...
4 tasi milliy, 2 tasi xalqaro, bittasi mintaqaviy, jami 7 telekanalning, Turkiya va dunyo bo’ylab sevib tomosha qilinishi...

Telekanallar

TRT 1: Oila kanali — 168 soat;
TRT 2: Xabar, ma’lumot, madaniyat va san’at kanali — 168 soat;
TRT 3: Yoshlik va sport kanali — 54 soat;
TRT GAP: Sharqiy va Janubi - Sharqiy Anado’lu viloyatlariga mo’ljallangan dasturlar — 69 soat;
 TRT 4: Ta’lim va musiqa kanali — 139 soat;
TRT INT: Xalqaro kanal — 168 soat;
TRT TURK: Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga mo’ljallangan dasturlar kanali — 119 soat.

Xalqaro sun’iy yo’ldosh va 2 ta yerdagi stantsiyasi bilan Yevropa va Osiyo telekanallari orasida ko’prik vazifasini o’tagan, mamlakat va jahon kun tartibiga oid yangiliklarni, a’zosi hisoblangan milliy va xalqaro OAV va axborot agentliklari vositasida o’z vaqtida va butun tafsilotlari bilan tomoshabinlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo’lgan kuchli potentsial...
TRT-TURK telekanalida Kafkaz va Markaziy Osiyoga mo’ljallangan dasturlar yordamida qardoshlarimizga quchoq ochish, Turkiyani va Turklarni tanitish, turkiy zabon davlatlar bilan til va tushuncha birligi yaratish, o’zaro hamkorlik va birdamlik tuyg’ularini orttirish, madaniy va savdo-sotiq aloqalarning taraqqiy ettirilishiga ko’mak berish…
Asosan Yevropada istiqomat qiladigan Turklarga mo’ljallangan tele-ko’rsatuvlar tayyorlayotgan va jahonning bir qator davlatlarida tomosha qilinayotgan TRT-INT kanali yordamida xorijdagi Turklar bilan madaniy rishtalarning mustahkamlanishiga hissa qo’shish… TRT-INTni rivojlantirish yo’li bilan kelgusi yillarda xalqaro miqiyosda sanoqli xabar kanallari bilan raqobat qila oladigan darajaga chiqarish.

 

TRTnin tashkil etilayotgan telekanallari

Turli til va lahchalarda gapirgan xalqimiz bilan va mazkur tillarda gaplashuvchi mintaqa xalqlariga mo’ljallangan tele-dastur hizmatini berish. Bu doirada, Qirmoncha va Zazacha lahjalarida faoliyat yuritadigan yangi telekanal tashkil etish harakatlari… Fors va Arab tillarida so’zlashuvchi xalqlar bilan mamlakatimiz orasidagi o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun mazkur tillardagi teleko’rsatuvlarni efirga uzatish maqsadi…
Turk va dunyo bolalariga yetib boradigan darajada salohiyatga ega “Bolalar” telekanali ochish yo’lidagi izlanishlar…

Radioda 81 yillik tajriba

TRT 4 milliy, 5 mintaqaviy va “Turizm” radio-kanallari bilan bir qatorda tajribali xodimlari, musiqa san’atining turli yo’nalishlaridagi xor jamoalari, iste’dodli san’atkorlari, bolalar va yoshlik klublari, boy arxivi, kompyuter yordamida efirga uzatiladigan dasturlari, ilg’or texnologik jihozlar bilan t’aminlangan studiyalari, kuchli to’lqin uzatuvchilari hamda zamonaviy radio-jurnalistika talablariga mos dasturlari yordamida yurtdoshlarimizning yaqin do’sti bo’lishda davom etmoqda.

Radio-kanallar

Radio-1: Ta’lim, madaniyat, axborot kanali. Har qanday hayotiy mavzuda atroflicha tortishuvlarga boy dasturlari hamda har soat boshidagi xabar byulletenlari yordamida 81 yildir tinglovchilarga manzur bo’lmoqda.
Radio-2 (TRT-FM): Turk san’at musiqasi, Turk xalq musiqasi va pop musiqa san’atining eng yaxshi namunalaridan tarkib topgan ommabop musiqiy kanal.
Radio-3: Mumtoz musiqa, Jaz va opera.
Radio-4: Turk xalq musiqasi va Turk san’at musiqasi.
Radioning 4 milliy kanali efirini esa, Turkiyaning turli nuqtalaridan va Internet vositasida butun dunyoda 24 soat davomida tinglash mumkin.
Mintaqaviy 5 radio-kanal dasturlari
“Trabzon” radiosi, “Erzurum” radiosi, “GAP-Diyorbakir” radiosi, “Antaliya” radiosi, “Chuqurova” radiosi... “Turizm” radiosi esa, o’z dasturlari bilan Turkiya turizm sektoriga, hamda o’lkamizdagi turistlarga xizmat qilishdek muhim vazifani ado etmoqda.

Jahonga 29 tilda radio- eshittirishlar

Xorijdagi Turklarning o’lkalari bilan aloqa qilishlarini ta’minlashlariga munosib hissa qo’shayotgan hamda Turk tildagi eshittirishlar bo’limi bilan bir qatorda, 29 tilda faoliyat yuritadigan “Turkiya ovozi” (TSR - VOT) radiosini Turkiya va jahonning turli burchaklarida tinglash mumkin.

Jahonga quchoq ochgan eshittirish tarmog’i

Tele-radio eshittirishlar sohasidagi har turli yangi media xizmatlarini eng qisqa davr ichida o’zlashtirgan, yillardir to’plagan boy ma’lumotlari, xulosa va tajribasiga tayangan holda kelajakka dadil va ishonchli odimlar otayotgan ommaviy axborot vositasi… Tele-radio jurnalistikasi yo’nalishidagi bu boy ko’nikma texnik xususiyatlari bilan ham bugungi kunda yuqori saviyadadir. 61 megavattlik televideniye, 22 megavattlik radio to’lqinlarni havoga uzatuvchi texnik imkoniyatlari bilan Turkiyaning butun xususiy tele-radio kanallarining umumiy imkonlaridan kuchliroq potentsial yordamida milliy va xalqaro miqyosda faoliyat ko’rsatmoqdamiz.
TRTning tele-radio dasturlarini TURKSAT 2A va TURKSAT 1C (3A) sun’iy yo’ldoshlari yordamida raqamli tizimga o’giradigan yerdagi 2 ta sun’iy yo’ldosh stantsiyalari mavjuddir.
Bundan tashqari, 42 televizion studiya (bittasi Berlin byurosidadir),
9 ta jonli efir texnikasi, 15 ta rejim tizimli mobil televideniye sun’iy yo’ldosh up-link sistemasi,
Turkmaniston va Diyarbakirda rejimsiz mobil sun’iy yo’ldosh up-link tizimi,
Anqarada bitta radio sun’iy yo’ldosh up-link jonli reportaj mashinasi, 55 ovoz yozish va efir studiyasi,
9 ta muqim televideniye va radio sun’iy yo’ldosh up-link sistemasi, 5 radio jonli efir va reportaj texnikasi,
6 ta jenerator mashinasi. Anqara, Istanbul va Izmir viloyatlaridan raqamli telekanal dasturlari sinov maqsadida 24 soat uzluksiz efirga uzatilmoqda.

Internetda TRT

Texnologiya raqamli tizimga jadallik bilan o’tayotgan bir davrda tomoshabinlarining talablarini qondirish va texnologik jarayonlar natijasida o’rtaga chiqqan imkoniyatlardan foydalanshni istagan TRT bu sohada ham juda muhim loyiha va rejalarni qisqa muddat ichida amalga oshirdi. 1999-yil 1-may kuni www.trt.net.tr Internet sayti ochildi. Jahon miqyosidagi Internet foydalanuvchilarining TRT dasturlarini yaqindan kuzatib borishlarini ta’minlash maqsadida radio-TV dasturlarini Internetda jonli efirda tomosha qilish/eshitish imkoniyatini yaratib berdi. Shu bilan bir qatorda, Turkiya va jahondan tezkor xabarlar, iqtisodiyot va moliya sohasi yangiliklari, sport turlari, ob-havo ma’lumotlari, TV-radio dasturlari jadvali va dasturga oid ma’lumotlar veb-saytining muhim xizmatlari qatoridan o’rin egallamoqdadir.

TRT arxivi Turkiyaning audio-vizual xotirasi

Turkiya Respublikasi tarixiga guvohlik qilgan va u bilan uzviy bog’liq bir tashkilot haqida gap ketganda o’rtaga, albatta, boy bir arxiv chiqadi. TRT nafaqat audio-vizual materiallarni bir yerda to’plash, balki dunyoning eng yirik texnologiyalaridan foydalanib uzoq o’tmishi bo’lgan radio-televideniye merosini muhofaza qilmoqda. Farqli sanalar va formatlardagi bu materiallar analiz qilingan holda, ta’mirlanib raqamli medya shakliga ham o’tkazilmoqda.

TRT Market

TRT Market TRTning arxividan o’rin olgan ko’rsatuv va musiqiy asarlarni audio-vizual hamda nashr mahsulotlari sifatida xalqqa taqdim qilmoqda.

TRT Radio-Televideniye Jurnali

1987-yil noyabr oyidan e’tiboran har oy chop etilayotgan TRT Radio-Televideniye Jurnali tashkilotdagi eng so’nggi yangiliklarni, keng hajmli teledasturlarning parda orqasini, radio va televideniye dasturlarining taqdimotini batafsil yoritib bormoqdadir. Bundan tashqari, aloqa, madaniyat, san’at va sport dunyosidan qiziqarli mavzular hamda kun tartibidagi muammolar xususida mehmonlar bilan muloqotlar ham o’rin olgan jurnal mazmunan nihoyatda boy va rang-barangdir.

Katta va muhim tadbirlarda TRTning o’rni

“TRT 23-aprel xalqaro Bolalar bayrami” kabi katta tadbirlar bilan turli rang, til va din mansublari bo’lgan dunyo bolalarini 30 yildir 10 kun davomida Turkiyada mehmon qilib, jahon tinchligiga muhim hissa qo’shayotgan va boshqa bir qator yirik xalqaro tadbirlarning ham “o’zgarmas manzili” sifatidagi ommaviy axborot vositasidir…
Eurovision qo’shiq tanlovi, Jahon Kubogi, Olimpiyadalar, jahon Universiadalari kabi muhim xalqaro tadbirlarda yana TRT peshqadam… Qisqa muddatli tanaffusdan so’ng Jahon kubogi hayajoni yana TRT ekranlarida. Futbol ishqibozlari 2010 va 2014-yillardagi Jahon Chempionatini yana TRT ekranlarida tomosha qiladilar va albatta Olimpiyadalarning zavq va hayajonini sportning o’zgarmas manzili TRT siz bilan baham ko’radi.
Tele-radio eshittirishlar sohasidagi har turli yangi media xizmatlarini eng qisqa davr ichida o’zlashtirgan, yillardir to’plagan boy ma’lumotlari, xulosa va tajribasiga tayangan holda kelajakka dadil va ishonchli odimlar otayotgan ommaviy axborot vositasi…
Ta’bir joiz bo’lsa, Turkiyaning dunyoga, dunyoning Turkiyaga ochilgan panjarasi… Mazkur xususiyatlarning hammasini bir orada to’plab, faqatgina uch harf yordamida ifoda etishi mumkin: TRT…

A’zoliklar

EBU – Europen Broadcasting Union ( Yevropa Tele-radio Eshittirish Birligi)
ABU – Asia Pacific Broadcasting Union ( Osyo- Tinch Oklean Birligi)
HFCC/ ASBU – International High Frequency Broadcasters Coordination Group ( Qisqa To’lqin Eshittirishlar Koordinatsiyasi)
ABU- HFC ( ABU High Freguency Coordination Group ( ABU Qisqa to’lqin Koordinatsiya Guruhi)
IMC Intenational Music Council ( Xalqaro Musiqa Kengashi )
EIM European International of Media UNESCO Turkish National Committee Turkish National Council of Press ( Yevropa Media Enstituti UNESCO Turk Milliy Qo’mitasi Turk Milliy Matbuot Kengashi)
CMCA ( Centre Me’diterrane’en de la Communication Audioviseulle (O’rta Yer Dengiz Tasviriy Eshitirish Aloqa Markaziy)