Kun tahlili 02- qism

G’arb markazli mavjud global tizim bosqichma-bosqich qulab tushmoqda faqat o’rini bosadigan yangi tizim ham topilgani yo’q. Xalqaro tartib jihatidan qiyin bir davrni aks ettirmoqda.

Kun tahlili 02- qism

G’arb markazli mavjud global tizim bosqichma-bosqich qulab tushmoqda faqat o’rini bosadigan yangi tizim ham topilgani yo’q. Xalqaro tartib jihatidan qiyin bir davrni aks ettirmoqda.

Turkiya jihatida muhim qarshilik ko’rsatishlar bilan birgalikda buni  fursatlarga ham aylantirmoqda. Turk tashqi siyosatida qilgan manevrlar bilan  ushbu qiyin davrga moslik ta’min etish uchun sa’y- harakat qilmoqda. Turkiya oxirgi yillarda Rossiya kabi yuksalgan yangi kuchlar  bilan yaxshi aloqa o’rnatish uchun harakat qilar ekan boshqa tomondan ham  G’arb olamining  ichidagi bo’linishlardan  ham samarali  foydalanishga harakat qilganini ko’rsatmoqda.

Ayniqsa AQSh bilan aloqalar  keskinlashib borayotgan bir vaqtda, Turkiyaning Fransiya va Buyuk Britaniya kabi o’lkalar bilan alohida-alohida yangi qoida-qonunlarda   joy olgani kuzatilmoqda. Bu jihatda Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning oxirgi Fransiya safari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu safar doirasida Turkiyaning  Yevropa aloqalari va mudofaa sanoatidagi hamkorlik bitimlari  jihatidan muhim o’zgarishlar qayd etildi.

Oxirgi paytlarda Yevropa ittifoqiga a’zolik jarayoni boshi berk ko’chaga kirib qolishi Turkiyaning ayniqsa referendum jarayonidagi Germaniyaning taraf tutish uslubi yuzasidan to’xtab qolgan edi.  Yevropa parlamentining a’zolik jarayonini to’xtatish talabi, Yevropa ittifoqi kengashi tomonidan qabul qilinishi hatto muhim bir ko‘rsatgich hisoblanadi.

Makron esa, ham Yevropa ittifoqi hamda Turkiya tomonidan Yevropa ittifoqi  a’zolik jarayonidagi ikki yuzlamachilkga yakun yasab a’zolik o’rniga sheriklik  ustida ishlashimiz kerak deb mudofaa qildi. Ayniqsa 15-  iyul FETOchi harbiy to’ntarish tashabbusidan so’ngra taranglashgan aloqalarda iddao,  harbiy to’ntaruvchilarning  qo’lga olinishini bahona qilgan Yevropa ittifoqi, Turkiyaga Germaniyadan yana ham yaqin bo’lgan Fransiya orqali yangi hamkorlik  yo’lini  tortishuvga ochmoqda. O’ta millatchi siyosiy oqimlar, iqtisodiy inqirozlar va Buyuk Britaniyaning Yevropadan ketishi sababli muammolar bilan duch kelgan Yevropa ittifoqi, Turkiya va Angliya orqali yangi hamkorlik yo’llarini takomillashtirishga harakat qilmoqda. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Siegmar Gabriel Angliya modeli Turkiya uchun bir alternativa tashkil etishini ma’lum qilgan edi.

Boshqa tomondan Turkiya jihatidan Fransiya safarini  muhim  va samarali qilgan ikki tamal unsur yan mavjud.

Birinchisi siyosiy ittifoqlarni  turlilashtirish   ikkinchidan  mudofaa sanoatida hamkorlikni ko’paytirish.

AQSh bilan PKK/YPG sababli jiddiy muammolar bilan duch kelgan Turkiya,  Trampning Al-Qudsni Isroilning poytaxti deb e’lon qilishidan keyin ikki o’lka o’rtasidagi aloqalar yana ham taranglashdi. Ustiga ustak Turkiya boshchiligida BMTda AQShga qarshi  tarixiy bir qaror olinishi,  tomonlar o’rtasidagi taranglikning  yana  ham yomonlashishiga    sabab bo’ldi. AQSh bilan aloqalar  taranglashgan bir vaqtda Turkiya tashqi siyosatida g’arb olamida ittifoqlarning turlilashishi uchun qadamlar tashlandi. Yevropa ittifoqida Niderlandiya va Germaniya bilan aloqalar muammoli bo’lgan bir vaqtda, Angliya  va Fransiya bilan aloqalarini davom ettirgan xalqaro aktyorlar o’rtasida muvozanat siyosati izlab o’z milliy manfaatlarini maksimal qilishga  harakat qilmoqda. Angliyadan  Yevropadan ketish  qarori sababli Fransiya va Germaniyaning kuchli Yevropa ittifoqida, Germaniyaga muqoyasa qilganda Turkiya bilan hamkorlik ratsional asosda  ravishda  rivojlanishi kerak deb mudofaa qilgan Fransiya bilan Turkiyaning aloqalari ijobiy jihatda davom etmoqda. Turkiya jihatidan Fransiya bilan hamkorlik Germaniyaning oxirgi vaqtda Turkiyaga qarshi salbiy uslubining alternativasi sifatida ko’rilmoqda.

Fransiya safarining boshqa bir muhim tomoni esa mudofaa sanoatdagi hamkorlikdir. EUROSAMAN bilan mudofaa sanoat maslahatchiligi  o’rtasida uzoq masofali hudud havo va raketa mudofaa tizimi loyihasi Bosqich-B bitimi, Prezident Erdo’g’an bilan Makron huzurida imzolandi. Italiya  ham sherik bo’lgan Havo va raketa mudofaa  tizimi loyihasi Turkiya jihatidan katta ahamiyat kasb etmoqda. Rossiyadan S-400 Havo va raketa mudofaa tizimini  sotib olish bitimini yakunlagan Turkiya, ayni vaqtda NATO ittifoqdoshlari bilan ham barobar alohida bir havo va raketa tizimini  takomillashtirishga harakat qilmoqda. Shunday qilib havo sohasini birdan ko’p farqli tizimlar bilan himoya qilishni nazarda tutgan Turkiya, ehtimoli va  har jihatdan keladigan xavf-xatarga qarshi chora- tadbir olgan vaziyatda.

Mudofaa sanoatida oxirgi paytlarda muhim loyihalarga  imzo chekkan Turkiya, xalqaro tashqi siyosatidagi ittifoqlarini  turlilashtirish siyosatini mudofaa sanoatida ham aks etmoqda. Germaniya va AQSh bilan uzoq muddatdir davom etib kelgan mudofaa sanoatidagi hamkorlik siyosiy bosim vositasi sifatida ikki o’lka tomonidan foydalanishiga qarshi,

 Turkiya Angliya, Fransiya, Rossiya, Ukraina, Pokiston va boshqa o’lkalar bilan ham  hamkorlikni takomillashtirib bir tomondan hamkorlikni har tomonlama  turlilashtirmoqda, boshqa tomondan milliy mudofaa sanoatini kuchaytirib chet elga bo’lgan qaramlilikni  kamaytirmoqda.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Fransiya safarida yuqorida zikr etilganlar bilan bir qatorda juda ko’p sonda muhim bitim yana imzolandi. Turk EXİMBANK  va  Bpifrance Assurance Export o’rtasida o’zaro Reasurans bitim imzolandi. Bundan tashqari Airbus va Turk havo yo’llari o’rtasida 20+5 opsionli  A350-900ni sotib olish uchrashuvlariga boshlash borasida  kelishuv memorandumi imzolandi.

Nihoyat Turkiya G’arb olami ichidagi bo’linishlardan foydalanib yangi ittifoqlar tuzmoqda. O’z manfaatlariga  birinchi o’rinda ahamiyat bergan qadamlar tashlashga davom etmoqda. Ushbu qadamlar Turkiyani AQSh-Germaniya kabi o’lkalar qarshisida yana ham kuchaytirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: İttifoq , Fransa , G'arb , Turkiya

Aloqador xabarlar