• Video galereya

Umumbashariy nuqtai nazar 6-qism

Parchalab tashlangan kimliklar...

Umumbashariy nuqtai nazar 6-qism

Umumbashariy nuqtai nazar 6-qism

             

Bir jamiyatga yoxud guruhga oid bo’lishdan yiroqlashish insonlikni qayerda tomon olib boradi?

 

         Hozirgi davrga umuman nazar solganda 1. Jahon urushidan oldingi davrlarga qanchalik o’xshab ketadi.  Yuz yil muqaddam, oida bo’lish tuyg’usi  hukum surishga boshlagan edi. Imperatorliklarga qarshi bosh ko’tarishlar mana u davrlar boshlagan edi. Har bir geografiyada, aksariyati aslsiz, ya’ni tarixda bo’lmagan kimliklar chiqishga boshlanishi natijasida o’z vaqti bilan Usmoniy, Ungliz, Avstriya va Mojariston ham bo’lib barcha imperiyalar tarqalib ketdi.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

           Afsuski dunyo Fransuz inqilobi va millliyatchiligi natijasida maydonga kelgan  balodan qurtula olmadi. Bu xastalik to’lqin misoli dunyoga tarqalishga davom etmoqda. Ikki hajon urushida bu qadar kishining jon berishi yetmagandek, bu masala holigacha davlatlarning boshini chalg’itib kelmoqda. Atrofga nazar solganda birinchi jahon urushidan oldingi ahvolni ko’rish mumkin. Parchalangan Bolqonlar, Sharqiy Yevropa  va Yaqin Sharq bilan tarqalish arafasida turgan Ispaniya…

Faqat parchalangan davlatlar emas, yangi vujudga keltirilgan xavfli kimliklar, atom misoli yaratilib hududlarni portlashga tayyor vaziyatga aylantirmoqda.

Ipmeriyaliklarning tarqalishi bilan qad roslagan yangi davlatlar ushbu kimliklari bilan farovonlikka erishmadi. Tezkrisiga dunyo davlatlari, yana ko’proq global imperialist aktyorlarning hujumiga qarshi o’zini muhofaza etishdan ojiz vaziyatda qolgandir. Parchalanib borayotgan kimliklar dunyoni qayerga olib bormoqda? Etnik va mazhab bo’linishi nimaga olib keladi? Aslida insonlar bunga o’xshash ahvolni taniydi. Yevropada feodal davrda, feodal beklarga tuproq bilan birga sotilgan vasalashtirilgan va qullashtirilgan odamzodning ahvoli yaxshi bilinmoqda. Usmoniy davridan oldin Onado’lida insonlar qancha hur bo’lgan va erkin harakat qilish imkoniga ega bo’lgan? Davlatlar, kimliklar, oid bo’lish hissiyotini yo’q qilinib insonlikka iqtisodiy, tijoriy, salomatlik, ta’lim, sayohat va xavfsiz bir hayot yashashni og’irlashtirishdan boshqa nima foydasi bo’lgan?

 

Insonni ijtimoiylashtirgan, ulkan jamiyatning bir parchasi bo’lish ongini yaratgan kimliklar parchalanishi natijasida insonlar yakkalanib qolmoqda.Bu psixologik, ijtimoiy, siyosiy masalalar bilan bir qatorda katta xavfsizlik masalalariga ham sabab bo’lmoqda. Hozirgi kunda belgilanishi mushkul bo’lgan jinoiy to’dalar, terror tashkilotlari maydonga chiqgandir. Parchalangan, qizg’iz va har mahal jangga tayyor, kimliklar poymol qilingan, qadriyatlardan yiroq kichik doira atrofida aylanib turgan jamiyatlardan  xavflisi bormi?

Mintaqamiz, dunyomiz buning badalini to’lashga davom etadimi? Mazlum millatlar va geografiyalar, parchalangan etnik va mazhabchilikning jabrni qachonga tortadi? Global kuchlarning “parchalab, bo’lib, boshqar”, o’yinlariga yana qancha bo’y sunamiz? Bunlar na insolik, na hamdardlik na islom diniga yarashmaydi.

Unday adib Najip Fazil aytgani kabi, “To’xtang olomon bu boshi berk ko’chada/qo’llaringizni ko’taring” deb hayqirish kerak. Insoniyatni parchalashni emas, birlashtirishni, xudbinlikni emas, bahamlashib axloq doirasida tikka turish himmatiga e’htijoimiz bor. Olamshumul, umumbashariy, axloqiy, islomiy tinchlik va birlik ichida bo’lishga g’ayrat qilishimiz zarur, bu yo’nalishda siyosat  izlash kerak.

Lekin qanday?

Aslida buning javobi yaqol maydonda, lekin tatbiq etish qiyin. Sabr va qat’iylik bilan rioya qilish darkor. Avvalambor, hamma davlatlardagi etnik, edeologik, mazhab va diniy guruhlarga qarshi ijobiy siyosat  izlash kerak. Agar bu siyosat olib borilayotgan bo’lsa, yanglish namunalar va tanqidlarga qaramasdan, bu siyosatlarni izlashga davom etish muhim. Darvish Yunusning aytgani kabi “Yaratgan tufayli xush ko’rish kerak”

 

Bunga o’xshash siyosat olib borilayotgani mumkin. Ammo qoniqarli emas. Mana shuning uchun eng muhimi: Inson haqlarini kuzatish, asosiy haq va erkinlikning tashqi siyosat vositasi bo’lmasligidir. Ayrim davlatlarda har unsurga strateik nuqtai nazardan qaraganlar, boshqa davlatlardagi o’zgachaliklarni, u davlatlarga putur yetkazish yo’lini tanlab foydalanmasligi kerak. Ushbu o’zgachaliklar bilan u davlatlarga ziyon yetkazmaslik muhim. Turli madaniyatlarni o’ziga mujassam etgan davlatlarda, imperialist aktyorlarning bunga o’xshash rejalariga qarshi hushyor bo’lish katta ahamiyat kasp etadi. Noto’g’ri harakat bilan o’z insonlarini bu kishilarning o’chog’iga tashlab qo’ymaydigan yo’l  izlanishi darkor. Bilaman, Aytganlarim ko’pchilik nazarida hozirgi kundagi manfaatlar ko’zlangan tashqi va real siyosat jihatidan bir yaxshi niyat kabi tuyilishi mumkin. Ha shunday o’ylaganlar, global kuchlarning qilgan ishlari va maqsadi doirasida izlagan yo’l tushunilganda haqli bo’lganini aytish mumkin. Vaholangki, “hozirgi kundagi real siyosat shundaydir” hich bir narsa aytmaylikmi? Insoniyatni, mushtarak manfaatlarini tiklashga chorlamaylikmi? Unutmaslik kerak, siyosatni belgilovchi kuchda bo’lmasa ham, har bir o’lkada davlat ichida va  tashqarida adolatli nozuk insonlar bor. Uzoq muddatda baribir yaxshilar g’alaba qozongan bo’ladi.

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime ttik.

 


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar