Umumbashariy nuqtai nazar 11-qism

Chonaqqal'a urushi insonlik jihatidan bir namuna tashkil etadi, "Insonlik o’lmas Chonaqq’ala o’tilmas."

Umumbashariy nuqtai nazar 11-qism

Umumbashariy nuqtai nazar 11-qism

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

Insonlik o’lmaydi, Chonaqq’alani o’tib bo’lmaydi.

 

Davlatlar tarixida, taqdirini o’zgartirgan muhim hodisalar ro’y berib turadi. Ayrim hodisalar dunyo tarixini almahtirishi mumkin. 103- yilligi nishonlangan Chonaqqa’la jangi ham mana bulardan biri. Jangda Istanbul ishg’ol qilingan, Usmoniy davlati chetlangan, dengiz orqali Chorlik Rossiyaga yordam yuborish maqsadi ko’zlangan. Bunung uchun Angliya, Fransiya, Avstriya, Kanada, Yangi Zelandiya, Hindiston kabi ittifoq davlatlarining yuz minglab askari Chonaqqal’aga hujum qilgan. Dengizdan o’lka tuproqlariga o’tish uchun bor kuchlari bilan harakat qilganlar. Bunga muvaffaq bo’la olmagach quruqlikdan bosib kirishga urindilar. Lekin dushmaning qarshisiga texnik jihatdan yetarsiz bo’lishiga qaramasdan, ona vatanini iymon kuchi bilan mudoffa etgan Usmoniy lashkari chiqdi.

Urush 1915- yili Fevral oyi boshladi va ayni yil Dekabr oyi yakunlandi. Ortda esa yuz minglab qurbon, nogiron va asr qoldirdi. Tarixda eng buyuk alamlardan biri bo’ldi, oldingi janglarda ko’p sonda askarlar shahid bo’lgani uchun bu gal yosh yigitlar urushga jo’natildi. Bu jang “O’n bechliklar jangi” deb ham bilinadi. “Hoy o’n beshli o’n beshli, tokat yo’llari toshli, o’n beshliklar kelmadi, qizlarning ko’zi yoshli” xalq qo’shig’i ham bu yerdan kelib chiqgan.

U yillar o’lkadagi litseylardan ko’p sonda yosh urushga olingandir. Galatasaray, Izmir va men ham bitiruvchisi bo’lgan, Sulton Abdulhamid davrida ochilgan Koniya litseyi o’quvchilarining oxirgi sinif talabalari urushga yuborilgani uchun u yil bitiruvchisi bo’lmagandir.

Mehmet Akif Ersoy “Chonaqqal’a shahidlari uchun” degan she'rda urushni shunday tarif etgan:

Qadim dunyo, yangi dunyo, barcha bashar millatlar,

Mashhar kuni misli qum, misli to’fon qaynagay,

Yetti iqlim jahon bilan yuzma-yuz,

Avstraliya bilan birga nigoh solgan Kanada!

Siymolar, ranglar, tillar xilma xil,

Maydondagi oddiy hodisa hattoki vaxshatga teng.

 

 

Vatan uchun jon bergan askar!

Osmondan ajdoding kelib peshonangdan o’psa arzigay.

Tavhidni qutqargan qon to’kkansan, qanchalik oliy martabadasan.

Bedrning arslonlari shunchalik shonli edi”

 

Rasmiy manbalar yozmagan bo’lsa ham urushda, 250 ming Usmoniy askarining shahid bo’lgani aytiladi. Shahidlarning deyarli barchasi litsey, madrasa hohud universitet talabasi bo’lgandir. Ko’p sonda savodxon insonning shahid bo’lishi keyinchalik qiyinchiliklarga sabab bo’lgandir.

Usmoniy shahidlari, u davr Usmoniy hududlaridan va ko’ngilli ravishda yiroq davlatlardan qatnashganlardir. Hozirgi Turkiya hududida qolgan viloyatlar bilan bir qatorda, Bolqon, Yaqin Sharq, Kafkaziyadan mard yigirlar jang qilganlar. Mana Kosovalik keksa Ilyos amakidan eshitganlarimni sizlar bilan bahamlashmoqchiman. Uning qishlog’idan ham Chonaqqal’ada jang qilish uchun ko’p sonda kishi qo’shilgan. Biroq orqaga faqat 3 askar  qaytib borgan. Uylariga qaytgan askarlar qishloq aholisiga nima aytishini bilmay qolgan edi. Chunki shahid birodalarnini kutgan, ko’zi yoshli onalari, otalari, suyganlari, farzandlari bor edi. Qishloqga kelib ularning faryod-fig’onini ko’rishni istamadilar. Shuning uchun qishloqqa ma’lum vaqtlarda birma-bir kelishga qaror berdilar. Ilk qahramon askar qishloqa kirganda aholi boshqalarining qayerda bo’lganini so’raganda askar “Keladilar” deb javob beradi. Qishloq aholisi undan keyin hamma narsaga tayyor bo’ldi.

Chonaqqal’a jangida aslida mazlum millatlar Usmoniy safida kurashgandir. Dushmanning texnologik jihatdan ustun bo’lishiga qaramay, mintaqa xalqi imperializmga fursat bermagandir. Chonaqqal’a ve undan keyin bo’lgan ozodlik urushida Hindiston va Afg’oniston kabi Janubiy Osiyo Musulmonlari ham yordamlarini avaylamagan. Bu nuqtai nazardan Chonaqqal’a dostoni insonlik umidining ramzi bo’lgan. Hozirgi kunda ham bunga o’xshash ishg’ollar bahs mavzusi. Chonaqqal’a, mazlum xalqlar birga harakat qilganda, har turli imperialist ishg’olni bartaraf qilishining namunasidir.  “Parchalab, bo’lib, boshqarish” siyosatiga birga qarshi chiqish kerak. Har turli imperialist hujumga qarshi chiqish albattaki muhim. Hozrigi kunda imperialimzga qarshi chiqish o’rniga nafrat va boshqalarini chetlash bahs mavzusi. Insonlarning ishg’olchilarga nafat his etishi mumkin. Shuning uchun Chonaqqal’a jangi va undan keyingi hodislar bizga yo’l boshlovchi xususiyatga ega. Avstriya, Yangi Zelandiyaning tarixida ko’p urushlar bo’lmagani uchun Chonaqqal’a jangidan bir millat vujudga keltirish uchun foydalanmoqda. Biz esa boshqasi bo’lmasdan, tarixidan har qaysi bir jangdan, g’alabadan, mag’lubiyatdan o’zi chiqgan bir millatmiz. Bu Chonaqqal’a uchun ham ta’luqli. 250 mig shahidimiz bo’lishiga qaramasdan boshqalaridan foydalanmaganmiz. Bu kabi hodisalarga qarshi tariximiz, mafkuramiz va madaniyatimizni rivojlantirish uchun, Mustafo Kamol Otaturkning Anzaklar uchun aytgan so’zlari yaxshi xulosalantiradi: “Uzoq diyordan farzandlarini jangga yuborgan onalar, ko’z yoshingiz endi tinsin. Farzandlarizning bizning bag’rimizda. Huzur ichida abadiy uxlagay. Unlar, bu tuproqlarda jon bergandan keyin, bizning ham farzandlarimiz bo’lgandir.” Iimperializmga qarshi nafrat iboralari, chetlash bizni tor chambarga solib qo’yadi. To’g’ri bu juda mushkul. Lekin bunga o’xshash kirishuvlarni, madaniy qadriyatlarimiz bilan har turli imperializmga qarshi chiqish mumkin. Imperialist hujumlar qisqa orada muvaffaqiyatli bo’lsa ham, boshqasidan madat kutmay, pesimizmni tanlamasak, insonlik doim bor bo’lsa, zulm bo’lmaydi. Manfaat ko’zlagan, har turli mustamlakani, ishg’olni haq deb bilan koloniyalar bir kun albatta boy beradi.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime ttik.


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar