• Video galereya

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 13-qism

Dasturimizning bugungi sonida PKK va YPG terror tashkilotlari safiga xorij davlatlardan kelib qo’shilgan jangarilar va bu tufayli yuzaga kelishi kutilayotgan ehtimoliy tahlikalarga nazar tashlaymiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 13-qism

                     

Dunyoning turli mintaqalaridan kelib Suriyadagi ichki urushga qo’shilgan jangarilar xozirgacha juda ko’plab muammolarga sabab bo’ldi. Biroq, muammoning yana ham kattarog’i kelgusi yillarda Yevropa va AQShning boshiga kulfat keltirishi mumkin.

Dasturimizning bugungi sonida PKK va YPG terror tashkilotlari safiga xorij davlatlardan kelib qo’shilgan jangarilarni va bu tufayli yuzaga kelishi kutilgan ehtimoliy tahlikalarga nazar tashlaymiz.

Taniqli yozuvchi Ernest Hemingvayning “Kim uchun bong chalinmoqda” nomli asarini o’qigan bo’lsangiz kerak. Yodingizda bo’lsa bu asarda Ispaniya ichki urushida portlovchilar bo’yicha mutahassis sifatida xizmat qilgan amerikalik ispan professorning nigohida voqealar hikoya qilinadi.

Hemingvay ushbu asarida bir xorijlik jangchi haqida hikoya qiladi. Ispaniyadan keyin ham dunyoning turli mintaqalarida ro’y bergan urushlarga xorijdan jangarilar kelib qo’shilishda davom etdi. Masalan, Suriyada va Iroqda sodir bo’lgan urush natijasida yangi tushuncha paydo bo’ldi. U ham bo’lsa “Xorijlik terrorist jangchilar”.

Bu tushuncha 2014 yili DAIShning Suriyada va Iroqda tezda tarqalishi bilan paydo bo’ldi. DAISh dunyoning har tomonidan o’z tarafdorlarini urushga jalb qilishi 2014 yilning 24 sentyabrida BMT xavfsizlik kengashi tomonidan “Xorijlik terrorist jangchilar” nomli 2178-sonli qarorni olishiga sabab bo’ldi.

Bu masala “Xorijlik terrorist jangchilar” tushunchasi ustida bosh qotirgan g’arb davlatlari oldida bugungi kunda ko’ndalang turgan asosiy mavzulardan biridir. G’arb yetakchilari xorijlik terrorist jangchilar kuni kelib o’z mamlakatiga qaytib kelgach, paydo bo’ladigan tahlikalar ustida bosh qotirmoqda.

Shu sababli, ko’pincha DAISh ideologiyasiga ega bo’lgan terror guruhlari safiga qo’shilish holatlariga e’tibor qaratilmoqda. Bu masala  BMTning 2170- va 2178-sonli qarorlarida ham o’z aksini topdi. Xorijlik terrorist jangchilar tushunchasi DAISh va Al-Qoida bilan aloqador tashkilotlar doirasida talqin qilinmoqda.

Suriyada avj olgan DAISh tahlikasi ortidan, 2014 yildan e’tiboran PKK va YPG terror tashkilotiga bir qancha mamlakatdan ko’plab jangarilar kelib qo’shildi. Biroq, g’arb mamlakatlar bu tahlikani oldindan ko’ra olmadi. Ko’ngilli jangarilar termini “legionerlar” kabi ismlar bilan o’zgartirildi. Vaxolanki, PKK va YPG safiga qo’shilgan g’arblik jangchilar va yevropaliklarga doir hech qanday chora ko’rilmadi. PKK va YPG 2014 yilda internet va ijtimoiy media orqali DAIShga qarshi jang qilish uchun xorijliklarga taklifnoma yubora boshladi.

Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Daniya, Yunoniston, Finlandiya, Fransiya va xatto Xitoydan kelgan taxminan 1200 xorijlik terrorist jangchi terror tashkiloti PKK va YPG safiga qo’shildi.

 Bugun PKK terror tashkiloti uchun bir davlat tuzish; internatsional sotsializmni tarqatish uchun bir vositaga aylandi. PKK bilan aloqasi bo’lmagan, lekin dabdabali ifodalar bilan kun tartibda bo’lgan demokratik avtonomlik va boshqa loyihalarning Yevropada va AQShda so’lchi partiyalarga ilhom manbai bo’lganligini guvohi bo’lyabmiz. Xozirda terror tashkiloti PKK va YPG saflaridan faqatgina qurolli mashg’ulotlari, jinoyat sodir etish tajribasi va radikal fikrlari bilan g’arbga qaytib ketadigan radikal jangarilar mavjud. PKKning Yevropadagi ekstremist-so’l guruhlar bilan tarixiy aloqalari borligini ham bilamiz. Shu sababli, kuni kelib qaytib ketadigan g’arblik terrorist jangchilar g’arb davlatlarining xavfsizligi va xalqaro tartib jihatidan katta tahlika yaratishi ehtimoldan holi emas.

G’arbning terror tashkiloti PKK va YPGga bergan yordamining asl sababi sifatida PKK va YPGning dunyoviyligi ko’rsatilmoqda.

PKK va YPG nazoratidagi Suriya hududlaridan “G’arbga yondashgan mintaqa” chiqarishni kutish katta hom-hayol bo’ladi. Bu mintaqalarda erkin bozor iqtisodiyoti, fuqarolik, so’z erkinligi va liberal tadbirkorlik kabi tushunchalar aslo bo’lmaydi. Chunki, PKK va YPG kommunal bir utopiya ro’yosiga chalg’imoqda va o’zini Neo-Maoist va Neo Stalinist tushunchalar bilan ta'rifla’moqda.

Xatto, G’arbdagi mutahassislar ham PKKning o’zgarganligiga ishonch hosil qilmadi. “Rojava tajribasi” terror tashkiloti PKKning Leninist ilg’or partiya an’anasini hamda Stalinist lider madaniyatini takrorlashdan boshqa natija bermadi.

PKK va YPG safida jang qilgan xorijlik jangarilarning kuni kelib o’z mamlakatida terrorchilik harakatini sodir qilmasligiga kim kafolat bera oladi?

Ayni shaklda, Leninist-Stalinist tushunchasiga ega bo’lgan bu shaxslar g’arbga qaytib kelgach, o’z fikr va ideologiyasidan farqli o’ylagan insonlarga qarshi tahlika yaratmasligini kim ayta oladi?

Ushbu xorijlik jangarilar AQShga va Yevropaga qaytib kelganida urush tajribasini, terror tashkiloti safida qo’lga kiritgan jangovar tajribalarini va radikal ideologiyasini ham o’zi bilan birga olib keladi. Nafaqat yolg’iz, balki radikal so’l guruhlar bilan birga AQSh va Yevropa uchun jiddiy tahdid yaratishi turgan gap.

 Suriyadagi tajribalari AQSh va Yevropadagi guruhlarni yana ham radikallashtiradi va xatti-harakatlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Shiddatning turi va ko’lami kengayadi. Balki, yonuvchi moddalarning o’rnini qo’lbola bombalar egallaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, g’arbdagi xorijlik jangarilarga Suriyaning shimolida joy ajratish va jangovarlik qobiliyatini oshirishga imkon yaratish uzoq kelajakda Yevropa va g’arb davlatlarining xavfsizligi jihatidan katta tahlikalarni o’z ichiga oladi. Endilikda g’arb bu xususda jiddiy chora ko’rishi va PKK va YPG jangariga yordamni to’xtatishi kerak. Aks holda, bugungi kunda PKK va YPG terror tashkiloti saflarida jang qilgan shaxslar kuni kelib AQSh va Yevropa hududlariga “Anders Behring Breivik”ning Stalinist varianti sifatida qaytishi mumkin. Va ana o’shanda g’arb uchun tahlika bonglari chalinishi ehtimoldan holi emas.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar