Bahreyn Amerika bilan 3.8 mlrd dollar qiymatida shartnoma imzoladi

Bahreyn mudofaa kuchlari shartnomaga binoan Amerikaga oid “Lockheed Martin” mudofaa shirkatidan 16 ta F-16 qirg’in samolyotini sotib oladi.

Bahreyn Amerika bilan 3.8 mlrd dollar qiymatida shartnoma imzoladi

Bahreyn Amerikaga oid “Lockheed Martin” mudofaa shirkati bilan 3.8 mlrd dollar qiymatida shartnoma imzoladi.

BNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, Bahreyn mudofaa kuchlari shartnomaga binoan “Lockheed Martin” mudofaa shirkatidan 16 ta F-16 qirg’in samolyotini sotib oladi.

Bu haqda Bahreyn havo kuchlari qo’mondoni general-leytenant Hamid Bin Abdullah Al Halifa bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, sotib olinadigan samolyotlar bir qator ilg’or zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan qirollik havo kuchlarining yanada rivojlanishiga hissa qo’shadi.

“Lockheed Martin” shirkatining direktor o’rinbosari Richard Ambrose Bahreyn mintaqada bunday shartnoma imzolagan yagona davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar