• Video galereya

AQSh Eronni sanksiyadan ozod etish qarorini yana 120 kun muhlatga uzaytirdi

Tramp Eronga “yadroviy kelishuv” doirasida ta’minlangan sanksiyalardan ozod etish rejimi uzaytirilishiga qaror berar ekan, ayni paytda mamlakatni yangi sanksiyalarga mahkum qildi.

AQSh Eronni sanksiyadan ozod etish qarorini yana 120 kun muhlatga uzaytirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga “yadroviy kelishuv” doirasida berilgan sanksiyalardan ozod etish rejimini takror uzaytirishga qaror berdi.

Ma’lumki, Eron 2015 yilda AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya bilan yadroviy kelishuv imzolangan.

AQSh bu kelishuvning sanksiyalarga doir moddasini bekor qilmasligini ma’lum qildi.

Eronga nisbatan berilgan sanksiyadan ozod etish qarorini yana 120 kun muhlatga uzaytirilganligi qayd etildi.

Oq uy bayonotida shu bilan to’rtinchi marta uzaytirilayotgan yadroviy kelishuvga zarur o’zgartirishlar kiritilishi talab qilindi.

“Prezident qarori AQShning Eron bilan qo'shma harakatlar dasturida qolishi uchun talab qilinadigan “yadroviy” sanksiyalarni bekor qilishni yana bir marta uzaytirishdan iborat. Biroq, prezident o'zining bayonotida bunday uzaytirishni oxirgi marta imzolayotganini aytgan”, -deyilgan Oq uy bayonotida.

Bayonotda, Eron mintaqani barqarorsizlashtirishga yo’l qo’yganligi va buni to’xtatish uchun Eron hukumatiga tazyiq o’tkazish kerakligi ma’lum qilingan.

Qolaversa, Tramp Eron hukumatini mamlakat fuqarolarining haq-huquqi va erkinligini ta’minlashga chaqirdi.

Biroq, Tramp Eronga “yadroviy kelishuv” doirasida ta’minlangan sanksiyalardan ozod etish rejimi uzaytirilishiga qaror berar ekan, ayni paytda mamlakatni yangi sanksiyalarga mahkum qilgani diqqatlarni jalb etdi.

AQSh hazina vazirligi Eronda inson huquqlarini poymol qilish holatlari, qattiq tartib va qurollanish faoliyatlarini qo’llab quvvatlaganlikda ayblangan 14 shaxs va tashkilotga sanksiya berilishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: yadroviy kelishuv , Eron , Donald Tramp , AQSh

Aloqador xabarlar