AQShning Panamadagi elchisi John Feeley o'z vazifasidan iste'fo etdi

Elchi John Feeley AQSh kotibligiga topshirgan iste’fo maktubida “Prinsiplarim shuni taqazo qiladiki, bundan buyon Tramp hukumatiga xizmat qilmayman”,-deb yozdi.

AQShning Panamadagi elchisi John Feeley o'z vazifasidan iste'fo etdi

AQShning Panamadagi elchisi John Feeley prezident Donald Trampning ba’zi Lotin Amerika va Afrika davlatlaridan Qo'shma Shtatlarga kelayotgan migrantlarni “qo'lansa joylardan” chiqib kelganlar, deb ataganligi sababli o’z vazifasidan iste’fo etdi.

Amerika matbuotida tarqalgan xabarlarga ko’ra, elchi John Feeley AQSh kotibligiga topshirgan iste’fo maktubida “Prinsiplarim shuni taqazo qiladiki, bundan buyon Tramp hukumatiga xizmat qilmayman”,-deb yozdi.

AQSh kotibligi Panama elchisi John Feeleyning o’z vazifasidan iste’fo etishi to’g’risidagi xabarni tasdiqladi.

Kotiblikdan olingan ma’lumotga ko’ra, elchi John Feeley shaxsiy sabablarga ko’ra pensiyaga chiqishga qaror bergan.

Eslatish joizki, John Feeley AQShning sobiq prezidenti Barak Obama davrida 2015 yili Panama Respublikasiga elchi etib ta’yinlangan edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp qonun chiqaruvchilar bilan uchrashuv davomida ba’zi mamlakatlardan Qo'shma Shtatlarga kelayotgan migrantlarni “qo'lansa joylardan” chiqib kelganlar, deb atagan edi.

Taxminlarga ko'ra, u Afrika mamlakatlari hamda Gaitidan bo'lgan migrantlarni nazarda tutgan.

Tramp: “Nega bizning mamlakatda o'zining qo'lansa davlatlaridan chiqib kelayotgan odamlar bor? AQSh Norvegiya kabi davlatlardan migrantlarni jalb qilishi kerak”,-degan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: iste'fo , Barak Obama , John Feeley , Panama , AQSh , Donald Tramp

Aloqador xabarlar