Italiyada ommaviy transport vositalari haydovchilari ish tashladi

Ish tashlash namoyishi tufayli bugun poytaxt Rimdagi avtobus, metro va poyezd xizmatlari to’xtab qolgan.

Italiyada ommaviy transport vositalari haydovchilari ish tashladi

Italiyaning poytaxti Rimda ommaviy transport vositalari haydovchilari ish tashlash e’lon qildi.

Ular mehnat sharoitlarining yaxshilanishini talab qilmoqdalar.

Namoyishlar ba’zi ishchi uyushmalari tomonidan qo’llab quvvatlanmoqda.

Avtonom va poydevor ishchi uyushmalari, ommaviy transport vositalari ishchi uyushmalari federatsiyasi va ishchi uyushmalar ittifoqi tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 08:30da boshlangan ish tashlash namoyishi 24 soat davom etadi.

Ish tashlash namoyishi tufayli bugun shahardagi avtobus, metro va poyezd xizmati to’xtab qolgan.

Shaharning eng gavjum ko’chalaridan o’tgan A va B metrolari bilan Rim-Lido poyezd liniyasidagi xizmat butunlay bekor qilindi.

Eslatma: 5 dekabrda o’tkazilishi rejalangan ish tashlash namoyishi ishchi uyushmalarining o’zaro kelishuvi asosida Rojdestvo bayrami va yangi yil ta’tilidan keyinga qoldirilgan edi.

 



Aloqador xabarlar