Qatar BAA ustidan BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat qildi

Ma’lumotga ko’ra, Birlashgan Arab Amirliklaridan parvoz qilgan harbiy yuk samolyoti 3 yanvar kuni Qatar milliy havo chegarasini buzib o’tgan.

Qatar BAA ustidan BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat qildi

Qatar Birlashgan Arab Amirliklariga tegishli harbiy samolyotlar mamlakat havo maydonini oyoq osti qilgani munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat bilan murojaat qildi.

Bu haqda QNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Birlashgan Arab Amirliklaridan parvoz qilgan harbiy yuk samolyoti 3 yanvar kuni Qatar milliy havo chegarasini buzib o’tgan.

Xabarda ushbu qonunbuzarlik tufayli Qatar BMT bosh kotibi va BMT Xavfsizlik Kengashiga ikkinchi shikoyat arizasini yuborgan.

Bundan oldin ham Qatarning BMTdagi vakolatxonasi Birlashgan Arab Amirliklariga oid harbiy samolyotlardan biri mamlakat havo chegaralarini buzganligini ma’lum qilgandi.

Bu bilan Qatar Birlashgan Arab Amirliklarini xalqaro huquq normalari va Qatar milliy xavfsizligiga tahdid solganlikda aybladi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr 2017 yilning 5 iyun kuni Qatar bilan barcha diplomatik munosabatlarni to’xtatgan edi. Bu esa Ko’rfaz mintaqasida inqiroz kelib chiqishiga sabab bo’lgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar