Turkiya milliy xavfsizligini mudofaa etish mavzusida qat'iylik ko'rsatmoqda

Turkiya, o'ziga qaratilgan har turli tahditni bartaraf etish mavzusida qat'iy bo'lganiga diqqat qaratdi.

Turkiya milliy xavfsizligini mudofaa etish mavzusida qat'iylik ko'rsatmoqda

Turkiya, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh), terror tashkiloti PYD/PKKni qo'shin holiga keltirish harakatlarini qoralab, o'ziga qaratilgan har turli tahditni bartaraf etish mavzusida qat'iy bo'lganiga diqqat qaratdi.

Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotda, "Terror tashkiloti PYD/PKKning AQShdan ko'mak olgan holda Suriyada maxsus "Chegara Xavfsizlik Kuchi"ni vujudga keltirishni rejalagani kabi xabarlar tarqalgandan keyin, AQSh favqulodda elchiligidagi maslahatchisini 10- yavar kuni bosh vazirlikka chaqirtirib mavzu haqqida bayonot talab qildi" deb ifoda etildi.

Bayonotda, "Bu marotiba, Deashga qarshi kurash Koalitsiya tomonidan berilgan bayonotga diqqat qaratib, "PYD/YPG dan tashkil topadigan va bunlar boshqaragan so'zda "Suriya Demokratik Kuchlarining (SDK) qo'mondonligida faoliyat olib borgan 30.000 kishilik "Suriya Chegara Xavfsizlik Kuchi"ni vujudga keltirish maqsadi bilan koalitsiyaning 'SDG' bilan birga harakat qilgani haqqida xabarlar bo'lgani bilinmoqda."

"AQSh bergan va'dalari va bayonotlariga yarashmagan shaklda PYD/YPG bilan hamkorlik olib borib milliy xavfsizligimizni va Suriyaning tuproq yaxlitligini tahdit etgan bunday tashabbuslarni qat'iyan qabul qilmaymiz. Bu kabi tashabbuslarini qoralaymiz va Turkiyaning o'ziga qarshi her tur tahditni bartaraf etish uchun muqtadir va qat'iy bo'lganini yana bir bor eslatib o'tamiz."

Prezidentik spikeri Ibrahim Kalin ham, "Milliy manfaatlar doirasida xavfizlik o'rnatish uchun tadbir-chora olishga davom etamiz. Bu doirada qonuniy bir haq bo'lgan terrorga qarshi kurashning joyi, vaqti va shaklini Turkiyannig o'zi belgilab o'zini mudofaa etadi" dedi.

AQSh boshchiligidagi Deashga qarshi koalitsiyaning voizi polkovnik Ryan Dillon, Suriyada asosan Suriya Demokratik Kuchlaridan tashkil topgan va 30 ming kishiga borib yetadigan, "Cehgara Xavfsizlik Kuchi" vujuga keltirishini ma'lum qilgan edi.



Aloqador xabarlar