PKK, PYD-YPG va DAISh terror tashkilotlarining munosabati…

Terror tashkilotlari PKK, PYD, YPG va DAISh o’rtasida o’zaro manfaat borligi kuzatiladi va bu munosabatga doir ba’zi dalillar ba’zi manbalarda o’z aksini topgan.

PKK, PYD-YPG va DAISh terror tashkilotlarining munosabati…

PKK, PYD-YPG va DAISh terror tashkilotlarining munosabati…

Terror tashkilotlari PKK, PYD, YPG va DAISh o’rtasida o’zaro manfaat borligi kuzatiladi va bu munosabatga doir ba’zi dalillar ba’zi manbalarda o’z aksini topgan.

PKK, PYD-YPG va DAISh terror tashkilotlari o’rtasida aloqa borligining yaqqol isboti sifatida shuni aytish joizki, PKK, PYD va YPG terror tashkiloti Rakka shahrini ishg’ol qilish jarayonida DAISh terror tashkiloti bilan o’zaro kelishuv tuzdi.

Kelishuvga binoan DAISh jangarilari shahardan avtobuslar vositasida xavfsiz shaklda olib chiqib ketilganiga doir tasvirlar fosh etilgan.

2014 yilning 15 yanvar kunidan beri DAISh terror tashkiloti ishg’oli ostida bo’lgan Rakka shahri 2017 yilning 17 oktyabr kuni AQSh va xalqaro koalitsiyaning harbiy yordamlari bilan PKK, PYD va YPG ning qo’liga o’tdi.

Rakkani qo’lga olish jarayonida PKK, PYD, YPG va DAISh o’rtasidagi o’zaro kelishuv asosida, Rakkadagi DAISh jangarilari AQSh va xalqaro koalitsiyaning xabardorligida avtobuslar bilan Rakkadan olib chiqib ketilib, Markada, Al Suvar va Dayr az-Zor hududlariga ko’chirildi.

Terror tashkilotlari o’rtasidagi o’zaro kelishuvga doir xabarlar BBC muhbirlari Quentin Sommerville va Riam Dalat tomonidan yoritildi.

Rakkada PKK, PYD, YPG va DAISh o’rtasida tuzilgan o’zaro kelishuv AQSh va xalqaro koalitsiyaning roziligi bilan amalga oshirildi. Pentagon voizlaridan Erik Pahonning aytishicha, ushbu o’zaro kelishuv faqatgina tinch aholini himoya qilish maqsadida yo’lga qo’yildi.

“Hamkorlarimiz bilan har doim ham hamfikr bo’lmasligimiz mumkin, biroq ularning shaxsiy muammolarini bartaraf etish yo’lidagi sa’y-harakatlariga hurmat ko’rsatamiz”,-dedi Erik Pahon.

Bu bilan birga xalqaro koalitsiya kotibi polkovnik Ryan Dillon ham Twitterdagi sahifasida bu kelishuv sir emasligini ma’lum qildi.

PKK/PYD-YPGning keyinchalik Doyr az-Zorni ishg’ol etishga tashabbusi natijasida Deash terror  tashkilotining ko’p nuqtani bir o’q ham otmadan PKK/PYD-YPGga tashlab chiqishi  diqqat  tortmoqda.

PKK/PYD-YPGning Doyr az-Zor shahrining sharqida hujum uyushtirgan paytlar aslida Deash bilan qayta til topgan.

PKK/PYD-YPGning Doyr az-Zor shahrining sharqiga qaratilgan hujumlar paytida kelishib olgandir.  Qasion axborot agentligi tomonidan kelishuv matni nashr etilgach, PKK/PYD-YPG bilan Deash o’rtasida sulh tuzilgani maydonga chiqargandir. Ushbu kelishuv bilan PKK/PYD-YPG, Deash maydonlariga hujum qilishni to’xtatgan Deash a’zolarining hududdan Suriyaning sharqiga tomon siljigandan keyin  Deyr az-Zor shahrining sharqini shg’ol qilgandir.

Suriyada PKK/PYD-YPGning ishg’ol qilishiga imkoniyat yaratishdan tashqari; Deash bilan Turkiya mavzusida ko’p savdolar olib bormoqda. Daslabda, PKK/PYD-YPGning Rakka va Deyr az-Zordagi so’zda qamoqxonasida bo’lgani ilgari surilgan ko’p sonda Deash a’zosi terroristning Turkiyaga qarshi namoyish uyushtirish evaziga ozodlikka erishmoqda. Deash a’zolari Turkiyaga qarshi faol namoyish olib bormasa ham Turkiyaning  harbiy unsurlari joy olgan Idlib va Firot Qolqoni operatsiya, hududga kirib Turkiyani tahdit etganlarni bartaraf etmoqda. Bu bilan bir qatorda PKK/PYD-YPG tomonidan ushbu shaxslar, xalqaro jamoatchilikka Turkiyani Deash bilan so’zda yonma-yon ko’rsatishga uringan propaganda faoliyatlarida qo’llanilmoqda.

2017- yili 15- noyabrda Turkiyaga taslim bo’lgan va Ingliz Times gazetasiga reportaj bergan SDG matbuot kotibi Talal Silo, SDGning Rakkadan oldin ayni bitimni Menbichda ham amalga oshirganini ifoda etgan  edi. Silo, PYD/YPGliklar Menbichni tark etgan DEAShliklarga o’z nazoratidagi tuproqlardan   erkin ravishda o’tishlari uchun 200 dollardan boshlagan sayohat  hujjati sotayotganini qayd etgan. 1 SDGni boshqarib kelgan Shohin Jilo AQSh bilan kelishuvga borganini va Menbichni  qutqarish masalasi  e’lonidan oldin 2 ming DEAShlikni  tinch aholi  qalqoni  yordamida  shahardan chiqib ketishiga  ruxsat berilganini aytgan Silo, SDG va  AQSh  DEAShliklarning   xavfsizligini ta’min etib  Jerablusga qarab yo’l olishiga ruxsat berdi, AQSh bilan SDG o’rtasida dastlabki bitim ekaniga  diqqat qaratdi.

Boshqa bir bitim Firot Daryosi ustidagi Tabkada amalga oshirilganini tilga olgan Talal Silo, Shohin Jilo PYD/ YPG- SDG nomidan Amerikaliklar bilan uchrashgandan so’ngra, DEAShliklarning  xavfsiz ravishda chiqib ketishni uchun ruxsat berildi.1 Ushbu kelishuvlar doirasida PYD/YPG bilan DEASh o’rtasida o’zaro bir manfaat aloqasi tuzilganini aytish mumkin dedi.

Talal Silo, Onado’li agentligiga bergan ma’lumotida esa Deyr ez- Zor va Hasekedagi neftlarni qanday ishlatganiga doir  bir savolga shunday javob bergan: “YPG va PKK, 2012da Rumeylandagi neft quduqlarini qo’lga kiritgandan so’ngra foydalanishga boshladi. Oldinlari ushbu neftlarni DEASh hududlari orqali eksport qilmoqda edi.  PKK kadrlari Jaziredagi moliyaviy ishlaridan mas’ul Ali Sheyr, Kamishlida yashamoqda. PKK to’da boshchisi bilan to’g’ridan aloqa o’tdi. Neft bitimlarini imzolashga salohiyatli kishidir. qo’lga kiritilgan daromadlarni  faqat u biladi. Bu PKKning siridir. Ali Sheyr, 2012dan beri neftni  chet elga sotmoqda. Sobiqdan sotish faqatgina DEASh hududlari orqali ta’min etilardi. Rejim qo’shinidan ofitser Al- Katirji, PKKdan neft olgan umumiy mas’ul hisoblanadi.  Shohin Jilo hatto bunga aralashmasligini aytdilar. Neft mavzusi tashkilotning siridir. Surishtirib ba’zi ma’lumotlarga erishdim. Sotilgan neft puli, Livan banklarida o’zlariga yaqin ba’zi shaxslarning  hisob raqamlari  o’tkaziladi. So’ngra pul Yevropaga yetkazilib berilardi. Shaxslarning barchasi PKKlikdir . Masala juda katta: har kun yuzlab tank bilan neft  yetkazib berilmoqda.”

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida Turk Qurolli kuchlari va Erkin Suriya armiyasiga qarshi kurash olib borish sharti bilan Afrin turmasidagi DEASh terror tashkiloti a’zolari ham ozod etila boshladi. Bu bilan birga mavzu haqida yangi tarqagan ma’lumotlarga ko’ra PKK/ PYD-YPG terror tashkiloti boradigan joyi yo’q DEASh terror tashkiloti a’zolaridan foydalanish maqsadida ularga yangi hayot sharoiti haqida va’da bergan va bu borada bir qism DEASh terror tashkiloti a’zolarini Firat daryosining sharqidagi Afringa ko’chirgan. O’z yurtiga qaytolmagan lekin urushish va bomba yasash qobiliyati yuqori bo’lgan DEASh terror tashkiloti a’zolarining PKK/ PYD / YPG tomonidan baholanishiga va PKK/ PYD – YPG terror tashkilotiga xizmat qiladigan terroristlarning, terroristlar ro’yhatidan chiqarilishiga va’da berilganligiga guvoh bo’linmoqda PKK/ PYD-YPG terror tashkiloti tomonidan DEASh a’zosi terroristlardan foydalanish maqsadida olib borilayotgan faoliyatlar, bu terror tashkilotlari o’rtasidagi jangari almashuvini aks ettirishi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vaziyat ayni vaqtda DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib borish asosida AQSh, Yevropa davlatlari va bir necha davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan PKK/ PYD – YPG terror tashkilotining ikki yuzlamachiligini ham ko’rsatmoqda.  

PKK/ PYD – YPG terror tashkiloti o’zi bosib olgan mintaqalarda etnik tozalash o’tkazish, mintaqaning demografik tuzilishini o’zgartirish maqsadida ayniqsa arab va turkman aholisini ko’chib ketishga majbur qilmoqda. PKK/ PYD – YPG terror tashkiloti go’yo o’z turmalarida olib o’tirishni xohlamagan DEASh terror tashkiloti a’zolarini ham ko’chib ketishga majburlagan aholi bilan birga Turkiyaga yubormoqda. Shu bilan birga ma’lum DEASh terror tashkilotining a’zolarini Turkiya-Suriya chegarasidagi noqonuniy tunnellar orqali Turkiyaga yubormoqda.

Boshqa jihatdan Amerikaning Nation jurnalining 2017-yil 9-fevral kuni chop etilgan hisobotida PYD/ YPG terror tashkilotining Suriyaning shimolida urush jinoyatiga qo’l urganligi va on minglab insonni uy-joyidan mahrum qilganligi qayd etilmoqda. YPG terror tashkiloti tomonidan Suriyaning shimolida bosib olingan mintaqalarda on minglab arab va kurd tinch aholini ko’chib ketishga majbur qilganligi va urush jinoyatiga qo’l urganligi haqidagi hisobotdagi muhim nuqta esa; YPG ning mintaqada DEASh terror tashkiloti bilan birgalikda faoliyat olib bormaganligi, aksincha to’qnashgan guruhlarga monelik qilgan say-harakatlarning kuzatilganligi haqidagi ma’lumotga o’rin berilishidir. Bunga ko’ra ushbu hisobotda, PYD/ YPGning DEASh terror tashkiloti bilan qilgan hamkorligini ta’kidlashga harakat qilinganligini aytish mumkin.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Aloqa , DEASh , PKK

Aloqador xabarlar