• Video galereya

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Donald Tramp avvalo Vladimir Putinga 11 fevral kuni Moskvada ro’y bergan aviahalokatda 71 kishining halok bo’lganligi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.

Ma’lumki, Saratov avialiniyalariga tegishli samolyot Moskvadan Orskka uchish vaqtida Podmoskoveda qulab tushdi. Samolyot bortidagi 71 yo’lovchining barchasi halok bo'ldi.

Shuningdek, Putin va Tramp Yaqin sharqdagi so’ngi o’zgarishlar bilan bir qatorda, Falastin-Isroil masalasini ham muhokama qilgan.

Putin kecha Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos bilan Moskvada bo’lib o’tgan uchrashuvida  Tramp bilan muloqot qilganligini va Falastin-Isroil masalasini muhokama qilganligini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar