• Video galereya

Falastin Yaqin sharq muzokaralarida AQShning o’rtamchilik qilishiga rozi emas...

Mahmud Abbos:“AQShning xatolari tufayli yuzaga kelgan bugungi jarayonda, ular bilan takror o’rtamchilik statusida hamkorlik qilishni qabul qilmaymiz. Xalqaro sammitlarda esa, AQShning bir o’zi emas, boshqa o’rtamchi davlatlardan biri bo’lishini istaymiz".

Falastin Yaqin sharq muzokaralarida AQShning o’rtamchilik qilishiga rozi emas...

Falastin Yaqin sharq muzokaralarida AQShning o’rtamchilik qilishiga rozi emas.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo’lib o’tgan uchrashuvida Yaqin sharqdagi muammolarni hal qilishda ko’p tomonlama o’rtamchilikka qarshi ekanligini ma’lum qildi.

“Yaqin sharqdagi muzokaralar Eron bilan bog’liq shartnomada bo’lganidek, 4 yoki 5 davlat ishtirokida o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lardi”,-dedi Mahmud Abbos.

Mahmud Abbos: “AQShning xatolari tufayli yuzaga kelgan bugungi jarayonda, ular bilan takror o’rtamchilik statusida hamkorlik qilishni qabul qilmaymiz. Xalqaro sammit bo’lgan taqdirda, AQShning bir o’zi emas, boshqa o’rtamchi davlatlardan biri bo’lishini istaymiz”,-dedi.

Putin: “Falastin xalqini doimo qo’llab quvvatlayman. Mavjud vaziyat shuni ko’rsatadiki, barcha orzu qilgan muhitni yaratish uchun hali ko’p vaqt kerak bo’ladi”,-dedi.

Eslatish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabr kuni Al-Qudsni “Isroil poytaxti” deb e’lon qildi va Tel Avivdagi AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko’chirish to’g’risida buyruq berdi.

Putin Mahmud Abbos bilan uchrashuvi oldidan Tramp bilan telefonda muloqot qilgandi.

Muloqotda Falastin-Isroil inqirozini hal qilish yo’llariga yechim izlangan edi.

 

 



Aloqador xabarlar