Estoniya Respublikasi Rossiyaga nota berdi

Rossiyaga tegishli II-76 yuk samolyoti dushanba kuni Estoniya havo maydonini buzib o’tgan, shu tufayli kecha Estoniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nota bergan.

Estoniya Respublikasi Rossiyaga nota berdi

Estoniya Respublikasi Rossiyaga tegishli harbiy yuk samolyotining mamlakat havo maydonini buzib o’tganligini iddao qilib, Rossiyaga nota berdi.

Estoniya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, II-76 yuk samolyoti dushanba kuni Estoniya havo maydonini buzib o’tgan, shu tufayli kecha Estoniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nota bergan.

Bu haqda Estoniya qurolli kuchlari bayonot berdi.

“Rossiyaga tegishli yuk samolyoti Boltiq dengizida Vaindloo oroliga yaqin masofada Estoniya havo maydonini buzib o’tdi. Bu holat taxminan 1 daqiqa davom etdi. Samolyotning radar qabul qilish qurilmasi ochiq bo’lishiga qaramay, Estoniya aviatsiya xizmati bilan aloqa o’rnatilmadi”,-deyiladi bayonotda.

Rossiya mudofaa vazirligi esa, bu ayblovlarni qat’iyan rad etar ekan, samolyotning xalqaro qoidalar asosida uchganligini, hech bir davlatning havo chegaralari buzib o’tilmaganligini ilgari surdi.

Belgiyaning “Florennes” harbiy bazasida joylashgan ikkita F-16 samolyoti yanvar oyida shimoliy dengiz ustida “Tupolev TU 160” rusumli ikki rus qirg’in samolyotiga to’sqinlik qilgani xabar qilingandi.

Rossiya Boltiq davlatlarida vaqti-vaqti bilan bunga o’xshash ayblovlarga duch kelmoqda.



Aloqador xabarlar