Pentagon 2019 yilgi byudjetdan Suriyadagi terror tashkilotlari uchun katta mablag' talab qilgan

Pentagon 2019 yilgi byudjetdan Suriyadagi terror tashkiloti PYD/PKK va boshqa 65 ming kishilik ekstremist guruhga qurol va o’q-dori talab qilganligi ma’lum bo’ldi.

Pentagon 2019 yilgi byudjetdan Suriyadagi terror tashkilotlari uchun katta mablag' talab qilgan

Pentagon 2019 yilgi byudjetdan Suriyadagi terror tashkiloti PYD/PKK va boshqa 65 ming kishilik ekstremist guruhga qurol va o’q-dori talab qilganligi ma’lum bo’ldi.

Anadolu axborot agentligi “2019 yil moliya yili mudofaa byudjeti” doirasida (“urush fondi” deb ham ataladi) dengizorti ehtimoliy operatsiyalar uchun ajratilgan byudjetning tafsilotlari yoritilgan hujjatga erishishga muvaffaq bo’ldi.

“2019 yil uchun dengizorti ehtimoliy operatsiyalar: DAIShga qarshi fond tafsilotlari” sarlavhali hujjatda AQSh hukumati Suriyada 30 mingi O’rta Evfrat vodiyida davom etgan to’qnashuvlarda, 35 mingi esa DAIShdan qutqarilgan hududlarda ichki xavfsizlikni ta’minlash uchun jami 65 ming kishilik guruh uchun qurol, o’q-dori va texnika talab qilgan.

Hujjatda 300 mln dollarlik byudjetning 162.6 mln dollari qurol, o’q-dori, texnika va boshqa vositalar uchun ajratilgan. 8 mln dollari kundalik zarur ashyolar, 28 mln dollari naqliyot va joylashuv ehtiyojlari va 101.5 mln dollari esa, jangovar operatsiyani qo’llab quvvatlash uchun talab qilingan.

Hujjatda ehtiyoj sezilgan qurollar orasida 25 ming ta Ak-47 kalashnikof avtomat miltig’i, 1500 ta pulemyot, 500 ta og’ir pulemyot, 400 ta RPG-7 raketalar, 95 ta snayper miltig’i, 20 ta 60 mm zambarak va 60 ta 120 mm zambarak to’pi ro’yxati o’rin olgan.

Qurollar uchun 47 mln dollar mablag’ talab qilinar ekan, ayni paytda bu qurollar uchun 24 mln dollarlik o’q-dori ham talab qilingan.

Qolaversa, 820 ta transport vositasi va standard bo’lmagan tijoriy transport vosita uchun jami 59 mln 325 ming 600 dollarga ehtiyoj borligi qayd etilgan.

Kundalik ashyolar uchun esa, 8 mln dollar mablag’ talab qilingan. Jumladan; durbin, navigatsiya jihozi, dronlar, portlovchi detektorlari kabi harbiy ashyolar uchun 31 mln 182 ming 700 dollar talab qilingan.

Hujjatda shuningdek, strategik havo transport xizmati, quruqlik va havodan transport xizmati uchun 28 mln dollar, jangovar operatsiya jarayonini qo’llab quvvatlash uchun 71 mln dollar va boshqa xarajatlar uchun esa, 30 mln dollar talab qilingan.

Iroq va Suriyada chegara xavfsizligi uchun 250 mln dollar mablag’ ajratilganligi kuzatildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: 2019 yilgi byudjet , DAISh , byudjet , AQSh , Pentagon

Aloqador xabarlar