Ko’chmas mulk yarmarkasi bilan Arab-turk sammiti Istanbulda o’tkaziladi

Shu bilan on ikkinchisi uyushtirilgan Ko’chmas mulk yarmarkasi va Arab-turk sammiti joriy yilning 28-29-aprel kunlari Istanbulda o’tkaziladi.

Ko’chmas mulk yarmarkasi bilan Arab-turk sammiti Istanbulda o’tkaziladi

Navbatdagi Ko’chmas mulk yarmarkasi bilan Arab-turk sammiti 28-29-aprel kunlari Istanbulda o’tkaziladi.

Mazkur yarmarkada mahalliy va chet ellik jami dunyoning 60 dan ortiq firmasi roppa-rosa 365 loyiha bilan ishtirok etar ekan bu yil Ko’rfaz davlatlaridan Abu Dabi, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Marokash, Misr va Eron kabi dunyoning ko’pchilik davlatidan 500 dan ortiq investor ham ishtirok etadi.

Ishtirokchilar bu tadbirda turk ishbilarmonlar bilan uchrashuv o’tkazib, investitsiya va o’z faoliyatlarini rivojlantirish imkonlarini qo’lga oladi.

Turkiya bilan arab davlatlari o’rtasida ijobiy tus olgan munosabatlar shu bilan birga mintaqadagi tinchlik va totuvlikka ham o’z hissasini qo’shadi.

Aytib o’tish joizki Turkiya ko’chmas mulk tarmog’ida yirik salohiyatga egadir.

Turk uy-joy tarmog’i bir yilda 11 foizdan ortiq ortish bilan dunyoning eng ajoyib ko’chmas mulk bozorlaridan biri hisoblanadi.

O’tgan yili chet elliklarga uy-joy sotish ishlarida 2016-yilga qaraganda 22.2 foizga ortish kuzatilgan.

 



Aloqador xabarlar