Kurtulmush, “Xitoy yaqinda Turkiyaning turizm tarmog’idagi muhim sheriklaridan biriga aylanadi”.

Numan Kurtulmush Xitoydagi bu yilgi “Turkiya turizm yili” loyihasi doirasida poytaxt Pekinda uyushtirilgan “Xitoy turizm va sayohat yarmarkasi” da ishtirok etdi.

Kurtulmush, “Xitoy yaqinda Turkiyaning turizm tarmog’idagi muhim sheriklaridan biriga aylanadi”.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush Xitoyning yaqinda Turkiyaning eng muhim turizm tarmog’i sheriklaridan biriga aylanishi mumkinligini qayd etdi.

Numan Kurtulmush Xitoy poytaxti Pekindagi “Turkiya turizm yili” loyihasi doirasida uyushtirilgan “Xitoy turizm va sayohat yarmarkasi” da ishtirok etdi.

Mazkur yarmarkada Turkiya stendiga tashrif buyurib u yerda Turkiyani tanishtirish faoliyatlari va Xitoy turizm bozorining Turkiya haqidagi fikri haqida ma’lumot olgan Numan Kurtulmush, boshqa stendlarga ham uchrab, esdalik uchun suratga tushdi.

Yarmarkadan qaytar chog’ida jurnalistlar savoliga javob bergan Kurtulmush, Turkiya turizm yili doirasida Xitoy bo’ylab 60 dan ortiq tadbir va Turkiyani tanishtirish uchun maxsus faoliyatlar uyushtirilganligini ta’kidlagan holda Turkiya va Xitoyning bir-biriga geografik jihatdan uzoq lekin madaniy jihatdan yaqin ikki davlat ekanligini belgilab o’tdi.  

Kurtulmush,

“Turkiya Osiyoning Yevropaga ochilgan darvozasi hisoblanadi. Xitoy ham Osiyoning eng sharqida joylashgan yirik davlatidir” deb ikki mamlakatning buyuk madaniyat boyligiga ega ekanligini qayd etdi.

“Umid qilamizki Turkiya bilan Xitoy o’rtasidagi munosabatlarda kuzatilgan ijobiy ta’sirlar turizm sohasiga ham aks etadi” degan ifodalarga o’rin bergan Kurtulmush, ayniqsa tarixiy Buyuk Ipak yo’lining qayta tiklanishini ko’zda tutgan “Bir belbog’, bir yo’l” g’oyasi asosida olib boriladigan strategik loyihalarning Turkiya bilan Xitoy o’rtasidagi yaqin munosabatning o’rtishiga ijobiy hissa qo’shadi degan fikrda ekanligiga e’tibor qaratdi.

Kurtulmush,

“Biz navbatdagi turizm strategiyalarimizda eng avvalo Osiyodan Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya va Indoneziyada Turkiyani tanishtirsh faoliyatlari yuritishni rejalashtirmoqdamiz” deya gapirdi.

Xitoyda o’tgan yili 130 million kishining chet el sayohatiga chiqqanlgini eslatgan Numan Kurtulmush, Turkiyani xitoylik sayyohlar bilan tanishtirish niyatida ekanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Bu yil yani 2018-yili Xitoydan Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar sonini orttirish uchun kerakli faoliyatlar olib borishni davom ettirajaklarini ifoda etgan Kurtulmush,

“O’tgan yili Turkiyaga qariyb 250 ming xitoylik sayyoh tashrif buyurdi. Bu raqamning bu yil 500 ming nafarga yetmasligi uchun hech qanday sabab yo’q” dedi.

Kurtulmush,

“Turk havo yo’llarining Xitoy safarlarini orttirishi va Xitoydagi havo yo’llari firmalarining Turkiyaga to’g’ridan-to’g’ri qatnov boshlatishini ta’minlash orqali Turkiyaga yana-da ko’p sayyoh olib kelamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turizm yili loyihasi yordamida qo’lga kiritilgan imkonlarning kelajakda ham davom etishini xohlaganliklarini belgilab o’tgan Numan Kurtulmush,

“Xitoy yaqinda Turkiyaning eng muhim turizm tarmog’i sheriklaridan biriga aylanishi mumkin” dedi.  

 

 



Aloqador xabarlar