Xitoyda, ming yil oldin yo’qolgan ibodotxona va nihoyat topildi

Xitoyda 1279-yildan beri g’oyib bo’lgan Fugan nomidagi ibodotxona arxeologik qazilmalar natijasida topildi.

Xitoyda, ming yil oldin yo’qolgan ibodotxona va nihoyat topildi

Xitoyda, deyarli ming yildan beri qidirilayotgan ibodotxona va nihoyat topildi

Xitoyda 1279-yildan beri g’oyib bo’lgan Fugan nomidagi ibodotxona arxeologik qazilmalar natijasida topildi.

Xitoyning “Shinxua” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra mamlakatning Sichuan viloyatining Chendu shahrida, bir necha oy davom etgan faoliyatlar natijasida qariyb 800 yildan beri topilolmagan ibodatxona va nihoyat topildi.

Arxeologik qazilma faoliyatlarini olib borgan guruh lideri Yi Lining aytishicha ibodotxonaning faqatgina bir qismi topilgan. Undan tashqari ibodotxonaning devorlari, yo’llari, quduq va zovurlari ham kun yuzasiga olib chiqilgan.

Arxeologik qazilmalarda shuningdek Miloddan oldingi 1600-285-yillari hukm surgan Chjou va Shan sulolasi davriga oid 80 ta qadimiy mozor, buddizm diniga oid mingdan ortiq ksilografik usuldagi matn va qariyb 500 ta haykal topilgan.

Miloddan keyingi 4-asrda qurilgan ibodotxona 317-429-yillari Sharqiy Tszin sulolasi, 1127-1279-yillari esa Janubiy Sun sulolasi davrida Buddizm diniga xizmat qilganidan keyin yer ko’chkisi va yer silkinishi kabi tabiiy ofatlar yuzasidan tuproq ostida qolib ketgan.



Aloqador xabarlar