Turkiya Fransiyadan o’g’irlab ketilgan chinnilarning qaytarilishini talab qilmoqda

Bundan roppa-rosa bir asir oldin Ayasofiya muzeyi bog’idan Fransiyaga o’g’irlab ketilgan chinnilar hozirda “Louvre” nomidagi muzeyda namoyish etilmoqda.

Turkiya Fransiyadan o’g’irlab ketilgan chinnilarning qaytarilishini talab qilmoqda

Bundan roppa-rosa bir asir oldin Ayasofiya muzeyi bog’idan Fransiyaga o’g’irlab ketilgan Sulton II Salim maqbarasiga oid chinnilar hozirda “Louvre” nomidagi muzeyda namoyish etilmoqda.  

Ushbu bebaho chinnilarning Turkiyaga qaytarib berilishi uchun kerakli faoliyatlar davom etmoqda.

Shu doirada Ayasofiya muzey direktori Hayrullah Jengiz bergan bayonotida,      

“Hozirda Ayasofiya bog’ida turgan 1890-yillari Usmoniy davlatiga tish doktori sifatida kelgan fransiyalik Albert Dorigny tomonidan qayta ta’mirlash maqsadida Fransiyaga olib ketilgan 60 dona to'rtburchak shaklidagi chinnining imitatsiyasidir” dedi.

Jengiz, qariyb 400 yildan beri maqbarada turgan va asliga o’xshatib yasalgan sohta chinnilarning rangining so’lganligini, haqiqiy chinnilarning esa huddi kechagidek rangini saqlab qolganligini qayd etdi.   

Aytib o’tish joizki bu tarixiy asar o’g’irligi va ishonchni suiiste’mol qilish masalasi maqbaraning kiraverishida ingiliz, fransuz va turk tillarida yozma ravishda maqbara mehmonlariga birma-bir tushintirib beriladi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi qoshidagi Madaniy Qadriyatlarni tekshirish bo’yicha komissiya va Madaniyat vazriligi, nomi tilga olingan chinnilarning Fransiyadan Turkiyaga qaytarilib berilishi uchun kerakli faoliyatlarni davom ettirmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar