• Video galereya

Istanbulda IBATECH İstanbul yarmarkasi o'z ishini boshladi

Yarmarkada taxminan 400dan ziyod mahalliy va xorijlik firma va kampaniyalar ishtirok etmoqda.

Istanbulda IBATECH İstanbul yarmarkasi o'z ishini boshladi

Istanbulda Xalqaro qandolat mahsulotlari texnologiyalari (IBATECH İstanbul) yarmarkasi ochildi.

CNR Expo ko’rgazmalar zalida tashkil qilingan yarmarkada mazkur soha uchun ishlab chiqilgan so’ngi texnologik mahsulotlar namoyish qilinmoqda.

Yarmarkada taxminan 400dan ziyod mahalliy va xorijlik firma va kampaniyalar ishtirok etmoqda.

Tadbir yangi va zamonaviy texnologiya mahsulotlari bilan tanishmoqchi bo’lgan tadbirkorlar uchun katta fursat bo’lib hisoblanadi.

Yarmarkaga 120 davlatdan jami 80 mingdan ortiq mehmonning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Turkiyada non mahsulotlari, tort va shokolad sektori texnologiyalari eksporti 6 mlrd dollarlik hajmga erishdi.

Bu jihatdan mazkur yarmarka bu hajmni yanada oshirishda muhim ro’l o’ynaydi.

Jahon miqyosida 20 tilda reklama qilingan IBATECH İstanbul yarmarkasi 4 kun davom etadi.



Aloqador xabarlar