Afg’onistonlik tug’ma nogiron rassom Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan uchrashishni orzu qiladi

“Erdo’g’an o’z xalqini ardoqlaydigan va xalqi ham uni e’zozlaydigan, fidokor yetakchi”,-deydi Rubaba Muhammadiy.

Rubaba Muhammedi.jpg

Afg’onistonlik tug’ma nogiron rassom Rubaba Muhammadiy Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashishni orzu qiladi.

U qo’l va oyoqlari ishlamaganligi tufayli og’zi bilan rasm chizadi.

Rubaba chizgan rasmlarida Afg’onistondagi ayollarning mashaqqatli hayotini aks ettirishga harakat qiladi.

18 yoshda bo’lgan rassom qiz Afg’onistonning G’azni viloyatida tug’ilgan.

U bolaligidayoq rasm chiza boshlagan va bu soha bo’yicha hech qanday ta’lim olmagan.

Rubaba Muhammadiyning ta’kidlashicha, Afg’onistonda ayol bo’lish juda qiyin, ayollar turli haqorat va zo’ravonliklarga duch keladi.

Yosh rassom aslida turk tilini bilmaydi, lekin televizor orqali Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning ma’ruzalarini tinglaydi va bora-bora Erdo’g’anning ashaddiy muxlisiga aylangan.

“Erdo’g’an o’z xalqini ardoqlaydigan va xalqi ham uni e’zozlaydigan, fidokor yetakchi”,-deydi Rubaba Muhammadiy.

Rubaba Turkiyaga bo’lgan sevgisi haqida bahs yuritar ekan, 15 iyul voqealariga doir ko’plab rasmlar chizganligini aytadi.

U televizor orqali Turkiyadagi to’ntaruvga tashabbus jarayonini tomosha qilgach, shunga amin bo’lganki, turk xalqi Erdo’g’anni chin yurakdan ardoqlaydi. Bundan ta’sirlangan yosh rassom o’z asarlarida 15 iyul voqealarini aks ettirgan.

Afg’onistonlik rassom qizning birgina orzuyi bor. U ham bo’lsa prezident Erdo’g’anni yaqindan ko’rish.

 

 



Aloqador xabarlar