Matbuot sharhlari 14.03.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

Matbuot sharhlari 14.03.2018

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya bilan AQSh Munbich masalasida kelishib oldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, amaliy tashrif bilan Moskvada bo’lgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li 19 mart kuni AQSh bilan o’tkaziladigan muzokarada Munbichdagi vaziyat bo’yicha aniq kelishib olinishini ma’lum qildi.

“Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPG Munbichni tark etishi bilan AQSh va Turkiya askari u yerda xavfsizlikni saqlaydi”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

Sabah gazetasi: “Turkiya Falastin bosh vaziriga nisbatan sodir etilgan suiqasdni qoraladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya Falastin bosh vaziri Rami al-Hamdallahning mashinasiga sodir etilgan qurolli hujumni qoraladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Kecha G’azoda Falastin bosh vaziri Rami al-Hamdallahning mashinasiga sodir etilgan qurolli hujumni qoralaymiz. Hujumda yaralanganlarga tezda sog’ayib ketishini Allohdan so’rab qolamiz. Hujumni sodir qilganlar zudlik bilan aniqlanadi degan umiddamiz. Falastinlik qardoshlarimizning do’stlik va birodarlik ruhida bir yoqadan bosh chiqaradi deb o’ylaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Hurriyat gazetasi: “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotidan Turkiyaga xushxabar” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining iqtisodiy hisoboti e’lon qilindi.

Oldingi hisobotga ko’ra, Turkiyaning rivojlanish taxmini 2017 yilda 6.1%dan 6.9%ga, 2018 yilda esa 4.9%dan 5.3%ga, 2019 yilda 4.7%dan 5.1%ga rivojlandi.

Vatan gazetasi: “Gollandiyadan Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 90% oshdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bu yil Gollandiyadan Turkiyaga dam olish uchun kelmoqchi bo’lganlar sonida jiddiy ortish kuzatildi.

Gollandiya mediasi Gollandiya sayohat agentliklari uyushmasi va boshqa turli sayohat agentliklariga tayanib bergan xabariga ko’ra, joriy yilda Turkiyada dam olishni xohlagan sayyohlar soni oshdi.

Gollandiya sayohat agentliklari uyushmasi kotibi ma’lum qilishicha, yozda Turkiyaga kelib dam olmoqchi bo’lganlar soni 2017 yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilda 90% ortish kuzatilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: xabar , gazeta , Turkiya , matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar