Matbuot sharhlari 03.04.2018

Rossiya Prezidenti Vladirim Putinning Turkiya ziyorati keng sado yaratdi.

Matbuot sharhlari 03.04.2018

 

Xabar Turk gazetasi: "Kreml Putinning Turkiya safaridan oldin bayonot berdi" deb yozmoqda.

Rossiya Tashqi ishlari vazirligi (Kreml) Tashqi siyosat maslahatchisi Yuriy Ushakov, jurnalistlarga, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiya ziyorati haqida mulohaza bildirdi. Ushakov, Putinning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an bilan bo'ladigan uchrashuvida o'zaro aloqalar bilan bir qatorda Suriya masalasi ham bo'lib mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qilishi kutilganini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: "Yangi SARPlar" keladi (Mahalliy va milliy qurollar)" deb yozmoqda.

Turkiya Harbiy Elektron Sanoati (ASELSAN), tanka, taktika zirhli quruqlik vositalari va muvozanatli bazalarni muhofaza etish maqsadida ixtiro etgan SARP Uzoqdan boshqarilgan qurol sistemasidan hozirgi kungacha 1350 ta ishlab chiqardi. SARPdan biri o'lkada ishatilmoqda qolganlari xorij bozorlarida xaridgirlariga yetkazildi. ASELSAN, yaqin zamonda SARP oilasiga yangi mahsulot turlari qo'shishga tayyorlanmoqda.

 

Vatan gazetasi: "Turkiyada ishlab chiqarilgan qurollarga qiziqishimiz bor" deb yozmoqda.

Gruziya Mudofaa vaziri Levan Izoria, Turkiyaning harbiy sohada rivojlanganini va Turkiyada ishlab chiqarilgan qurollarga qiziqish ko'rsatganliklarini izohladi. Izoria, 30- Mart kuni boshlatgan Anqaradagi 2 kunlik ziyorati doirasida Mudofaa vaziri Nurettin Janijkli bilan Giresun viloyatida uchrashdi. Izorida "Bu sohada hamkorik olib borishga e'tibor baramiz va bu doirada tarix ham belgiladik. Bu sohada Turkiyaning muvaffaqiyati, xalqaro maydonlarda ham tan olinmoqda. Biz ham tabiiy ravishda qurolli kuchlarimizni zamonaviylashtirish jarayonida bu mavzularga qiziqish ko'rsatib hamkorlik olib borishni istaymiz" deb so'zladi.

 

Star gazetasi: "Mart oyi Antaliyada turizm rekond o'rnatdi" deb yozmoqda.

Antaliya hokimiyat rahbari Munit Karaog'lu, ijtimoi media orqali bergan baynotida, 2017-yili Mart oyi shaharga 165 min turist kelganini, joriy yil esa bu raqamlar  286 minga chiqganini ma'lum qildi. 2017 yili Matt oyiga ko'ra, 73 %, yilning 3 oyi ichida esa 47 % o'sganini ifoda etgan Karaog'lu, 2018-yili uchun mo'ljallangan '14 million turist' mavzusida umidvor ekanliklarini bildirdi.

 

Hurriyat  gazetasi: "UEFadan Meliz O'zchig'demga ko'ra" deb yozmoqda.

Xalqaro Futbol Federatsiyasida (FIFA) hakamlik qilgan ayol Meliz O'zchig'dem va FIFA ayol hakam o'rinbosari Deybek G'ok, 19 yoshda Ayollar Yevropa Chempionati 2018 Elit Tur 5- guruh matchlarida vazifa olib boradi. Turkiya futbol federatsiyasidan berilgan bayonotga ko'ra, 4-10 Aprel kunlari orasida Mojaristonda bo'ladigan musobaqalarda O'zchig'dem va Go'k vazifa olib boradigan 5- guruhda, Mojariston, Niderlandiya, Shvetsiya va Sloveniya jamoalari bellashadi.


Tanlangan kalimalar: matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar