Matbuot Sharhlari 18.04.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot Sharhlari 18.04.2018

Sabah gazetasi: Prezident Erdog’an eronlik kasbdoshi Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy telefon orqali muloqat qildi. Mazkur muloqatda ikkala lider Suriyaning hududiy yaxlitligining himoya qilinishi va mamlakatdagi muammoning butunlay hal qilinishi uchun Turkiya, Eron va Rossiyaning Ostona jarayoni doirasida birgalikda faoliyat olib borishining ahamiyatiga to’xtaldi. Uchrashuvda shuningdek Turkiya bilan Eron o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning kun o’tgan sayin mustahkamlanishidan xursand ekanliklari qayd etildi.

Yeni Shafak gazetasi: Milliy Xavfsizlik kengashi Favqulodda vaziyatning yana 3 oy uzatilishini tavsiya qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida yig’ilish o’tkazgan Milliy Xavfsizlik kengashi yig’ilish ortidan chop etilgan qo’shma deklaratsiyada Favqulodda vaziyatning uzatilishini tavsiya qildi. Deklaratsiyada shuningdek MXK yig’ilishida mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligi bilan xalqaro xavfsizlik muhitiga o’z ta’sirini ko’rsatgan siyosiy va harbiy vaziyatlarning qo’lga olinganligi ma’lum qilindi.   

Hurriyet gazetasi: Bekir Bozdag’ Turkiyaning Egey dengizidagi voqeani ko’rmaslikka ololmasligini qayd etdi. Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Bekir Bozdag’ Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bayonot berdi. Bekir Bozdag’ mazkur bayonotda Egey dengizidagi bayroq voqeasiga to’xtalar ekan bu haqida, “Egey dengizidagi orollar ustidan tortishuvlarga yo’l ochadigan masalalar o’rtada. Hech kim Turkiya Egey dengizida yuz bergan voqealarni ko’rmsalikka oladi degan fikrga bormasin. Agar Gretsiya shunday fikrga borgudek bo’lsa unda adashadi” deya gapirdi.

Vatan gazetasi: Berat Albayrak, Germaniyaning Turkiya uchun voz kechilmas muhim savdo sherigi ekanligini qayd etdi. Energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak Germaniya poytaxti Berlinda amalga oshirgan ikki tomonli uchrashuvlar ortidan jurnalistlarga bayonot berdi. Berat Albayrak mazkur bayonotida Turkiya va Germaniyaning bir-biri bilan savdo sherigi ekanligini, qariyb 40 milliard yevrolik savdo hajmi borligini, Germaniyaning Turkiya importida ikkinchi, eksportida esa birinchi o’rinda ekanligini shuning uchun ham Germaniya Turkiya uchun voz kechilmas muhim savdo sherigi ekanligini qayd etdi.   

Star gazetasi: Xitoyda “2018-Turkiya turizmi yili” faoliyatlari o’z ishini boshladi. Xitoyda “2018-Turkiya turizmi yili” faoliyatlarining ochilish marosimida ishtirok etgan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush 2018-yilning ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi jihatidan bir imkon ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, “Turkiya bilan Xitoy o’rtasidgi yaqin munosabatning rivojlanayotgan dunyoda yangi tinchlik va xotirjamlik tartibining tashkil etilishi uchun ijobiy hissa qo’shishini tilab qolaman” dedi.  

 

 



Aloqador xabarlar