O'zbekistondan xabarlar 12-qism

Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasida Strategik hamkorlik to`g`risida shartnoma bo`yicha qonun imzolandi.

O'zbekistondan xabarlar 12-qism

Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasida Strategik hamkorlik to`g`risida shartnoma bo`yicha qonun imzolandi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasida Strategik hamkorlik to`g`risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to`g`risidagi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 17 may, Senat tomonidan 27 may kuni maqullangan edi.

Ushbu shartnoma 2017 yil 6 martda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan edi.

Senat matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, shartnoma Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasida munosabatlarni yangi strategik bosqichga olib chiqadi, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini ko`paytirish hamda do`stona va o`zaro manfaatli sherikchilikni mustahkamlashni ko`zda tutadi.

Malumki, shu yil mart va may oylarida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o`rtasida muzokaralar o`tkazilgan edi. Muzokaralar natijasida bir qator muhim kelishuvlar imzolangan bo'lib, ikki tomonlama o`zaro manfaatli bo`lgan yo`nalishlarda, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo`yicha aloqalarni rivojlantirish ko`zda tutilgan.

O`zbekiston va Tojikiston chegara masalalari bo`yicha Bayonnoma imzoladi

Shu yilning 30 may - 1 iyun kunlari Dushanbe shahrida O`zbekiston va Tojikiston Hukumat delegatsiyalarining O`zbekiston - Tojikiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo`yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o`zaro manfaatli bo`lgan barcha yo`nalishlardagi hamkorlikni faollashtirish to`g`risidagi topshiriqlari ijrosi doirasida bo`lib o`tgan uchrashuvda davlat chegarasini kelishilmagan ayrim uchrastkalaridan o`tadigan chegara chizig`ining huquqiy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko`ra tomonlar o'rtasida Bayonnoma imzolandi.        

O'zbekiston hukumati Xitoy va Turk tadbirkorlariga viza berish tartibini soddalashtiradi.

O`zbekistonda Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlariga soddalashtirilgan tartibda ko`p martalik vizalarni rasmiylashtirish imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda.

Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov malum qildi.

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O'zbekiston Oliy Majlisi Senatining o`ninchi yalpi majlisidagi nutqida vazirlik tomonidan viza tizimini takomillashtirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar xususida to`xtaldi.

Komilov, jumladan, yirik va ishonchli xorijlik sarmoyadorlar, yuqori malakali mutaxassislar uchun kirish vizalari berish tartibini yanada engillashtirish zarurligini ta`kidladi.

Komilov, hozirgi paytda tadbirkorlik maqsadlarida O`zbekistonga keladigan 13 davlat - Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Frantsiya, Chexiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolariga nisbatan soddalashtirilgan viza berish tartibi amal qilayotganlini aytar ekan, bugungi kunda Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlariga soddalashtirilgan tartibda ko`p martalik vizalarni rasmiylashtirish imkoniyatlarining ishlab chiqilmoqda ekanligini ma`lum qildi.    

O`zbekiston va Qirg`iziston Andijon va O`sh viloyatlari chegarasida topografik va er tuzish ishlarini olib bordi.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston - Qirg`iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi.

O'zbekistonning Andijon viloyati bilan Qirg`izistonning O`sh viloyati tutashgan hududlardagi O`zbekiston - Qirg`iziston davlat chegarasida qo`shma topografik va er tuzish ishlari bo`lib o`tdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, 21- 26 may kunlari Qirg`izistonning Jalol - Obod shahrida O`zbekiston va Qirg`iziston Hukumat delegatsiyalarining O`zbekiston - Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo`yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston - Qirg`iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirg`izistonning O`sh viloyati tutashgan hududlardagi O`zbekiston - Qirg`iziston davlat chegarasida qo`shma topografik va er tuzish ishlari bo`lib o`tdi.

Muzokaralar davomida O`zbekiston - Qirg`iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo`yicha oraliq Shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar muzokaralar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

Osiyo Taraqqiyot Banki O`zbekistonda uy-joy qurilishi uchun 500 million dollar ajratadi.

Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi O`zbekiston qishloq joylarida uy-joy qurilishi uchun 500 million dollar kredit ajratish to`g`risida qaror qabul qildi.

Osiyo Taraqqiyot Banki ma`lumotiga ko`ra, moliyalashtirish 3 ta o`zbek banklari (Ipoteka, Milliy va Qishloq qurilish banklari) hamda "Qishloq qurilish invest" davlat injiniring kompaniyasi orqali amalga oshiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan kreditlar evaziga, O`zbekistonning 9 ta viloyati hududida 29 ming dona uylarni barpo etiladi. Moliyalashtirish dasturi 5 yil davomida amalga oshiriladi.

2011 yil avgust oyida Osiyo Taraqqiyot Banki  O`zbekistonga qishloq joylarda uy qurilishni qo`llab quvvatlash uchun 500 million dollar kredit ajratilgan edi. Buning natijasida 2011-2015 yillar davomida qishloq hududlarda 41,5 mingta uy-joylar qurilgan edi.

Malumki, o'tgan yil oktyabr oyida Prezindent Shavkat Mirziyoyev 2017 - 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylarni qurish dasturini tasdiqlangan edi. Ushbu dastur doirasida 2017 yilda 15 ming dona yangi uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Dasturning qiymati shu yil uchun 700 million dollarni tashkil etadi.

        

 



Aloqador xabarlar