O'zbekistondan xabarlar 2-qism

Elektron vizalarni olishdagi to`lovlarni Visa va MasterCard xalqaro tizimlari orqali  amalga oshirish mumkin bo`ladi.

O'zbekistondan xabarlar 2-qism

Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhlarni shakllantirish, ekspertlar almashish, seminar va simpoziumlarni tashkil etishni ham ko`zda tutadi.

"Rosatom" rahbari Aleksey Lixachev, matbuotga bergan bayonotida, O`zbekistonga O'zbek tomoni uchun ma`qul muddatlarda ikkita blokdan iborat atom elektr stantsiyasi qurishni taklif etganliklarini aytar ekan, bu borada Rossiyaning salmoqli tajribaga ega ekanligini takidladi.

Lixachev, mazkur loyiha mamlakat energetika kompleksini diversifikatsiya qilib, energetik xavfsizlik uchun katta imkoniyatlar yaratishini qayd etdi. Shuningdek, Rossiya tomonining o`z hisobidan O`zbekistonga mutaxassislar tayyorlab berishga tayyor ekanini qo`shimcha qildi.

O`zbekistonda elektron vizalar joriy etilishi kutilmoqda.

O`zbekiston hukumati mamlakatga kelish istagida bo`lgan xorijliklarga qulaylik yaratish maqsadida elektron kirish vizalarini (E-Visa) berish tizimini joriy qilish masalasini ko`rib chiqmoqda.

Elektron viza kirish vizasini olish uchun O'zbekistonning xorijdagi elchixonalarida navbatda turishdan xalos qiladi. Uni onlayn tarzda olish mumkin va barcha hujjatlar va anketalar internet orqali topshiriladi.

Bu vizani olish konsul bilan suhbatlashish yoki qog`ozbozlik bilan bog`liq boshqa jarayonlarni amalga oshirishni ko`zda tutmaydi.

Mazkur vizalarning yana bir afzal tomoni shundaki, ularni  rasmiylashtirish jarayoni tez kechadi.

Elektron vizalar tizimi bugungi kunda ko`plab davlatlarda joriy qilingan bo'lib, bu tizim Ozarboyjon va Gruziyada o`zini yaxshi namoyon qilgan va O`zbekistonda bu tizimni joriy qilishda bu davlatlar tajribasini qo`llash o`rganilmoqda.

Elektron viza tizimi uchun kerakli qurilmalarni xarid qilish va o`rnatish, maxsus dasturiy ta`minotlarni yaratish joriy yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Elektron viza tizimini joriy qilish mamlakat viza tartibining soddalashtirilishini talab qiladi. Elektron vizalar xorijlik fuqarolarga ular tomondan vizani olish jarayonida berilgan arizaga muvofiq mamlakat aeroportlarida beriladi.

Elektron vizalarni olishdagi to`lovlarni Visa va MasterCard xalqaro tizimlari orqali  amalga oshirish mumkin bo`ladi.

Qonunchilik palatasida yangi qo`mita tashkil qilindi.

O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog`lig`ini saqlash masalalari qo`mitasi tuzildi.

Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Parlament quyi palatasining 4 yanvar kuni bo`lib o`tgan joriy yildagi ilk majlisida deputatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog`lig`ini saqlash masalalari qo`mitasini tuzish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdi.

Majlisda sog`liqni saqlash tizimi, xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko`rsatish yo`nalishidagi islohotlarning ijrosi samaradorligini ta`minlash, ushbu sohada joriy etilgan deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratining bugungi holati va uning natijalari tanqidiy tahlil etilib, bu boradagi faoliyatni amaliy harakatlar bilan takomillashtirish lozimligi ta`kidlandi.

Xususan, deputatlar yangi tuziladigan qo`mita aholini o`ylantirayotgan masalalar yuzasidan bevosita hududlarda faoliyat yuritib, xaqiqiy deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirgan holda tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish borasida aniq takliflar tayyorlab, ularning natijalariga e`tibor qaratishi, bu boradagi qonun ijodkorligi jarayonini faollashtirish bilan birga sohaga doir qonunlar ijrosini o`rganishi lozimligiga alohida to`xtaldi.

Majlis yakunida Siyosiy partiyalar fraktsiyalarining va O`zbekiston Ekologik Harakati deputatlar guruhining takliflariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog`lig`ini saqlash masalalari qo`mitasini tuzish to`g`risida qaror qabul qilindi hamda yangi qo`mitaning tarkibi saylandi.

Malumki, 2017 yilning 22 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida, Qonunchilik palatasida sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha alohida qo`mita tashkil etish to'g'risida taklif bildirgan edi.

5 yanvar kuni "Toshkent – Chimkent – Toshkent" xalqaro yo`nalishida ilk sinov avtobusi qatnovi amalga oshirildi.

5 yanvar kuni "Toshkent" avtovokzalidan "Toshkent – Chimkent – Toshkent" yo`nalishida O`zbekiston delegatsiyasi a`zolari o`rin olgan ilk sinov avtobusi qatnovi amalga oshirildi.

Bu haqda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xabar berdi.

O'zbekistonning Toshkent va Qozog`istonning Chimkent shaharlari o'rtasidagi avtobus qatnovi 8 yanvardan boshlab muntazam ravishda yo`lga qo`yiladi.

Mazkur yo'nalishda yo`lovchi avtobuslari har kuni ertalabki soat 06:00 dan kechgi 20:00 ga qadar bir soatlik farq bilan qatnay boshlaydi.

Marshrutning uzunligi 145 kilometr bo`lib, yo`l 3-3,5 soatda bosib o`tiladi. Reyslar nazorat-o`tkazish punktlaridagi texnik to`xtovlarsiz amalga oshiriladi. Bu avtobuslar, yo`lovchilar va ularning yuklari bojxona ko`rigi hamda pasport nazoratidan chegarani kesib o`tayotgan boshqalardan farqli o`laroq navbatsiz o`tkaziladi.

Avtobuslar chegarani "G`isht ko`prik" va "Jibek joli" nazorat-o`tkazish punktidan kesib o`tadi. Marshrutning oxirgi nuqtalari O`zbekistonning "Toshkent"  va Qozog`istonning "Chimkent" avtobus bekatlari bo`ladi.

Shuningdek, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining ma`lum qilishicha, kelajakda Qozog`iston shaharlarini O`zbekistonning tarixiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bilan bog`lashni rejalashtirmoqda.

      


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , O'zbeksiton

Aloqador xabarlar