• Video galereya

O'zbekistondan xabarlar 6-qism

O`zbekiston Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etdi.

O'zbekistondan xabarlar 6-qism

 

O`zbekiston Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etdi.

O`zbekiston shu yilning 10 fevralidan boshlab 7 mamlakat - Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizani bekor qildi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O`zbekiston Respublikasi turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi" farmoniga asosan 10 fevralidan boshlab Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etiladi.

Bundan tashqari, O`zbekistonga doimiy aviaqatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarining ekipaj a`zolari uchun ham mazkur rejim joriy qilinadi.

O`zbekiston Prezidentining farmonida ko'zda tutilgan davlatlar bilan xisoblaganda vizasiz tartib amal qilinuvchi davlatlar soni16 taga etadi. Ani paytda 9 davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Qirg`iziston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz yurish huquqi berilgan.

Prezindent farmoni bilan shuningdek 10 fevraldan 39 davlat uchun sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartiblarini joriy etish ko`zda tutilgan. Unga ko`ra O`zbekistonga taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati yoki turistik vaucherni taqdim etish talabi bekor qilinib, vizani rasmiylashtirish muddati hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmaganda ikki ish kunidan oshmasligi belgilandi.

Shunday qilib, soddalashtirilgan viza tartibiga ega davlatlar soni 15 tadan 51 taga ko`paydi.

Bundan tashqari, farmonda 2018 yilning 1 iyuldan elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimini joriy etish vazifasi topshirilgan.

 

O`zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Shu yilning 30 yanvar - 2 fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining bo`lajak majlisiga, tashqi ishlar vazirlari o`rinbosarlari darajasida "Shanxay hamkorlik tashkiloti – Afg`oniston" muloqot guruhi, Bosh prokurorlar majlislariga tayyorgarlik ko`rish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2018 yil uchun hamkorlik dasturi, 2018 yil uchun asosiy tadbirlar dasturi loyihalari va boshqa hujjatlar ko`rib chiqildi.

Tadbir so`ngida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yakuniy Bayonnomasi imzolandi.

 

Lola Karimova-Tillayeva O`zbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili lavozimini tark etdi.

Bu haqda shu xaftada O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi o`zining Facebook sahifasida ma`lum qildi.

“Bugun mening O`zbekistonning UNESCOdagi elchisi sifatidagi so`nggi kunim. So`zsiz, diplomat sifatidagi 10 yillik faoliyatim hayotimning muhim qismi bo`ldi. Ushbu bebaho tajribadan, menga bahramand bo`lishga sababchi bo`lgan insonlardan, ko`p narsalarni o`rganish imkoniyati va eng asosiysi o`z Vatanimga xizmat qilishdan minnatdorman”, deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva o'z Facebook saxifasida.

O`zbekistonning UNESCOdagi Doimiy vakolatxonasi 2008−2017 yillardagi faoliyati mobaynida Navro`z xalq bayrami, Katta ashula, o`zbek palovi an`analari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya UNESCOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi. 2016 yili dunyodagi eng katta tog` tizmalaridan biri, Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston hududini qamrab olgan G`arbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro`yxatiga kirildi. 2017 yil dekabr oyida atlas va adras to`qish an`anaviy texnologiyasi UNESCOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo`yicha ilg`or tajribalar ro`yxatidan joy oldi, deyiladi xabarda.

Lola Karimova-Tillayeva, UNESCO elchisi lavozimidan ketishiga qaramasdan, madaniyat, ta`lim, fan va ekologiya sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda davom etishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, "Sen yolg`iz emassan" bolalar jamg`armasining gumanitar faoliyatini davom ettirib, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda murakkab bolalar yurak jarrohligi, imkoniyati cheklangan bolalar reabilitatsiyasi hamda O`zbekistonda bolalarga yordam ko`rsatish bo`yicha boshqa loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

Toshkentda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali ochiladi.

Janubiy Koreyaning Puchon universitetining Toshkentdagi filialini ochish to`g`risidagi Bayonnoma 2 fevral kuni O'zbekiston maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin va Puchon universiteti professori Li Dong Vuk tomonidan imzolandi.

Bu xaqda O'zbekiston Maktabgacha ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Puchon universiteti shu yilning yozidanoq abiturientlarni qabul qilishni boshlaydi.

Toshkent filialida bir necha fakultet, jumladan maktabgacha pedagogika, psixologiya va boshqa yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadi.

Professor Li Dong Vukning Toshkentga tashrifi doirasida Koreya Respublikasi maktabgacha ta`lim tizimi, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, o`quv-metodik darsliklarni ishlab chiqish va maktabgacha ta`limda multimedia materiallaridan foydalanish tajribalari ko`rib chiqildi.

Bugungi kunda Puchon universitetida 26 ta fakultet bo'lib, universitet injeneriya, tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, san`at yo`nalishlari bo`yicha o`quv dasturlarini xamda tayyorlov kurslarini taklif qiladi. Bundan tashqari universitetda chet ellik talabalar uchun Koreys tili markazi ham faoliyat ko`rsatadi.

 


Tanlangan kalimalar: 30 kun , Turkiya , Viza ozod , O'zbekiston

Aloqador xabarlar