O'zbekistondan xabarlar 14-qism

Farg`onada O`zbekiston va Qirg`iziston bosh vazirlari raisligi ostida ikki davlat chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining birinchi majlisi bo`lib o`tdi.

O'zbekistondan xabarlar 14-qism

O`zbekistonda Qirg`iziston madaniyati kunlari o`tkaziladi.

Farg`onada O`zbekiston va Qirg`iziston bosh vazirlari raisligi ostida ikki davlat chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining birinchi majlisi bo`lib o`tdi.

29 mart kuni Farg`onada O`zbekiston va Qirg`iziston chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yig`ilishga O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg`iziston hukumati rahbari Sapar İsakov raislik qildi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan Abdulla Aripov O`zbekistonda Qirg`iziston madaniyati kunlari o`tkazilishiga tayyorgarlik ko`rilayotganini aytar ekan, bunda mamlakat hududida qirg`iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag`ishlab yubiley marosimlarini o`tkazish rejalashtirilgandan xabardor qildi.

Sapar İsakov, mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni kengaytirish uchun nazorat-o`tkazish punktlarida qo`shimcha chegara nazorati kabinalari o`rnatilayotganini ma`lum qildi.

Kengash yig`ilishida hududlararo hamkorlik, savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirish, madaniy va gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, fuqarolarning O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegaralarini kesib o`tishlari uchun sharoitlarni yaxshilash va boshqa dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha kengashning navbatdagi yig`ilishini Qirg`iziston hududida o`tkazish to`g`risidagi kelishuvga erishildi.

Yig'ilish nixoyasida o'zaro xamkorlikni kengaytirish bo'yicha Qo'shma Protokol imzolandi.

          O`zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov va uning brigadasi Jahon Chempionati-2018da hakamlik qiladi.

FIFA Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro`yxatini e`lon qildi.

Ular safidan O`zbekistonlik FIFA referisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov ham o`rin olgan.

Bu haqda O`zbekiston Futbol Assosatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyadagi mundialda Ravshan Ermatovga yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va jahongir Saidovlar yordam berishadi.

FIFAning Hakamlar qo`mitasi e`lon qilgan ro`yxatga jami 36 nafar bosh hakam va 63 nafar yon hakam kiritilgan.

O`zbekistonlik FIFA referisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida hakamlik qilish bo`yicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi. Ermatov, 2010 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida jami 9ta o`yinda bosh hakamlik qilgan.

Ravshan Ermatov O'zbekiston xukumati tomonidan "Buyuk xizmatlari uchun" va "El-yurt hurmati" ordenlari va "O`zbekiston iftixori" ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.        

O`zbekiston va Afg`oniston prezidentlari Toshkentda uchrashdi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg`oniston bo`yicha xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Afg`oniston prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan uchrashdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani o'rtasida 26 mart kuni Ko`ksaroy qarorgohida bo'lib o'tgan uchrashuvda, ikki davlat o'rtasidagi xamkorlikni rivojlantirish masalalari muxokama qilindi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o`zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transport va energetika sohalaridagi loyihalar, ta`lim, sog`liqni saqlash va boshqa yo`nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Muhammad Ashraf G`ani ikki mamlakatning Afg`oniston bo`yicha Toshkent xalqaro konferentsiyasini o`tkazishga oid birgalikdagi tashabbusini ro`yobga chiqarishga qaratilgan sa`y-harakatlar uchun O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirib, o`zaro manfaatli yo`nalishlar bo`yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

İkki davlat raxbarlari shuningdek, Toshkentda bo'lib o'tgan Afg`oniston bo`yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o`tkazilgan xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi.

         

 

O`zbekiston "Tolibon" bilan muzokaralar o`tkazish uchun maydoncha yaratishga tayyor.

O`zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev, mamlakat hududida Afg`oniston hukumati va "Tolibon" harakati o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri muzokaralarni tashkillashtirish uchun barcha choralarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'tgan xaftada Toshkent shaxrida bo'lib o'tgan Afg`oniston bo`yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o`tkazilgan xalqaro konferentsiyada so'zlagan nutqida, Afg`oniston ichidagi siyosiy jarayonlarni boshlashni endi orqaga surib bo`lmasligini aytar ekan, bu jarayonni cho`zish yana ko`plab begunoh odamlarning qurbon bo`lishiga olib kelishini ta'kidladi.

Shavkat Mirziyoev, O`zbekistonning Kobul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afg`oniston hukumati bilan „Tolibon“ harakatining "oldindan shart qo`ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik" asosida to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar o`tkazishni boshlash haqidagi qarorini qo`llab-quvvatlashlarini bildirdi. Mirziyoyev, O`zbekistonning "Tolibon" bilan muzokaralar o`tkazish uchun maydoncha yaratishga tayyor ekanligini aytar ekan, "Afg`onistonning kelgusidagi tinch taraqqiyoti uchun umumiy mas`uliyatni his etgan hamda o`zbek va afg`on xalqining azaliy do`stlik aloqalariga tayangan holda, biz O`zbekiston hududida tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg`oniston va "Tolibon" harakati o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri muzokaralarni tashkil etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz", dedi.

Shavkat Mirziyoyev o`z nutqida, muxolifatning tinch muzokaralarda ishtirok etadigan va milliy kelishuvga erishilgan taqdirda Afg`onistonning siyosiy hayotiga muxolifatning interatsiyalashuvi uchun barcha sharoitlarni yaratish kerakligiga urg'u berdi.

Afg`oniston bo`yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o`tkazilgan xalqaro konferentsiya nixoyasida Toshkent Deklarasiyasi qabul qilindi.

Konferensiyada Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G'ani, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Ҳindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.

         

 


Tanlangan kalimalar: Qirg'iziston , Afg'oniston , Yangiliklar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar