To‘raqo‘rg‘on va Usmong‘oziy tumanlari birodarlashgan 26-tuman bo‘ldi

Kelishuvga Usmong‘oziy tumani raisi Mustafa Dyundar hamda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev imzo qo'ydi.

To‘raqo‘rg‘on va Usmong‘oziy tumanlari birodarlashgan 26-tuman bo‘ldi

Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni oshirish hamda madaniy aloqalarni kuchaytirish maqsadida Turkiyaning Bursa shahridagi Usmong‘oziy tumani bilan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani o‘rtasida birodarlashuv bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolandi.

Kelishuvga Usmong‘oziy ma’muriyati raisi Mustafa Dyundar hamda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev imzo chekishdi.

Joriy yilning 14 mart kuni Turkiyaning Bursa shahrida tashkil etilgan, “G‘oziy Usmonni xotirlash” hamda Bursaning fath etilishini qutlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiyaga borgan To‘raqo‘rg‘on tumani delegatsiyasi Qozog‘iston, Kosovo, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina, Gretsiya va Shimoliy Kiprdan kelgan vakillar qatori katta hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.

“Ikki qardosh, birodar xalq bugun bu kelishuv imzolanishi bilan birodarlashgan shahar ham bo‘ldi. Bu birodarlikni abadiy davom etishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkonni ishga solamiz”,-dedi To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev.

 

 



Aloqador xabarlar