Turk biokimyochisi va Nobel mukofati sovrindori Aziz Sanjar Qozog’istonda

Qozog’istonning Almati shahrida bugun boshlagan Xalqaro Iqtisodiyot, moliya va energetika kongressining ochilish marosimida kimyo bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori professor doktor Aziz Sanjar ishtirok etdi.

Turk biokimyochisi va Nobel mukofati sovrindori Aziz Sanjar Qozog’istonda

Qozog’istonning Almati shahrida navbatdagi Xalqaro Iqtisodiyot, moliya va energetika kongressi o’z ishini boshladi.

Xo’ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Turk-qozoq universiteti tomonidan uyushtirilgan kongressning ochilish marosimida Ahmad Yassaviy nomidagi universitetning Vasiylik kengashi raisi professor doktor Musa Yildiz; Kimyo bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori professor doktor Aziz Sanjar; Turkiyaning Almatidagi Bosh konsuli Og’uz Kaan Ko’ksal; Ahmad Yassaviy nomidagi universitetning Vasiylik kengashi a’zosi professor doktor Muhittin Shimshek va Turkiyaning Nig’de shahrida joylashgan O’mer Halisdemir nomidagi universitet rektori professor doktor Muhsin Kar bilan birga ko’plab turkiyalik, qozog’istonlik va qirg’izistonlik akademiklar ishtirok etdi.   

Ochilish marosimida nutq so’zlagan Musa Yildiz eng avvalo Turk dunyosning birinchi Nobel mukofati egasi Aziz Sanjarni Qozog’istonda mehmon qilishdan qanchalik xursand ekanligini tilga olib, ortidan kongressning muvaffaqiyatli o’tishini tilab qoldi.  

Aziz Sanjar ham shaxsini mazkur kongressga taklif qilganlarga minnatdorchilik bildirgan holda,

“Bu yer bizning ota yurtimiz. Bu yerlarga bo’lgan qiziqishim bolaligimdan beri katta edi. Bu yerlar haqida fikr yuritib, bu diyorlar haqida ko’plab kitoblar o’qir edim. Shuning uchun ham bu yerga kelganimdan xursand bo’ldim, faxrlandim. Bu yerga kelishlik menga kotta hayajon bahsh etdi” deya gapirdi.

Bundan ming yil oldin ilm fan-sohasiga rahbarlik qilgan Turk dunyosining keyinchalik terang uyquga ketganligiga e’tibor qaratgan Aziz Sanjar,

“Xitoy ham shunga o’xshash jarayonni boshdan kechirdi lekin bugungi kunda oyoqqa turib, ilm-fanda takror birinchi o’rinni egalladi. Biz esa hali ham ortdamiz. Qayerda xatoga yo’l qoyganligimizni o’tirib o’ylashimiz kerak” dedi.

Ochilish marosimidagi nutqi ortidan Aziz Sanjarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha qo’mitasi UNESCO tomonidan 2016-2017 yillari e’lon qilingan Xo’ja Ahmad Yassavi yili xotirasiga bag’ishlab Ahmad Yassavi universitetining Vasiylik kengashi raisi tomonidan tayyorlangan “Divoni Hikmat” kitobi taqdim etildi.

Aytib o’tish joizki mazkur kongressda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi moliyaviy rivojlanish, mintaqaviy bank tarmog’i, markaziy banklardagi yangi qiyinchiliklar, valyuta siyosati, kapital bozorlarida investorlarni himoya qilish, geosiyosiy o’zgarish va uning bozorlarga ko’rsatgan ta’siri, Markaziy Osiyo va Yevroosiyoda iqtisodiy hududiylashish kabi masalalar qo’lga olinadi.   

Kongress 18-aprelgacha davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar