Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li Yaponiyaga otlanmoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li 20-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Yaponiyada bo’ladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li Yaponiyaga otlanmoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li 20-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Yaponiyada bo’ladi.

Mavlud Chavusho'g’li Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kishidaning rasmiy taklifiga binoan u mamlakatga jo’nab ketadi.

Ushbu ziyorat 14 yil oradan so’ng, Turkiyadan Yaponiyaga tashqi ishlar vaziri darajasida amalga oshirilayotgan dastlabki ziyorat bo’lgani munosabati bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Chavusho'g’li ziyorat doirasida, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida, iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Hiroshige Seko va Yaponiya-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi a’zolari bilan uchrashadi.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe tomonidan qabul qilinadigan Mavlud Chavushog’lu Sasakava tinchlik fondi nomli tashkilotda “Yaqin sharqdagi o’zgarishlar va Turkiyaning ro’li” mavzuida ma’ruza qilishi nazarda tutilmoqda.

Mavlud Chavusho'g’lining Yaponiyaga tashrifi chog’ida, ikki davlat o’rtasidagi aloqalar va qo’shimcha hamkorlik imkoniyatlari ko’zdan kechiriladi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

 



Aloqador xabarlar