Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 52-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Prezident Erdog’anning Gretsiyaga bo’lgan amaliy tashrifi va ushbu tashrif doirasida dunyo kun tartibida o’rin olgan G’arbiy Trakiya turklari haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 52-qism

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya-Gretsiya munosabatlarida yangi sahifa ochish maqsadida yaqindagina amaliy tashrif bilan Gretsiyada bo’lib qaytdi. Bu tashrif Turkiya Respublikasi Prezidentining 1952-yildan keyingi Gretsiyaga bo’lgan birinchi safari hisoblanadi. Erdog’an Gretsiyada o’zaro uchrashuvlardan tashqari G’arbiy Trakiya turklari bilan ham uchrashuv o’tkazdi. Shu bois G’arbiy Trakiya turklari va ular muammolari xalqaro ommaviy axborot vositalari kun tartibida keng o’rin oldi.

G’arbiy Trakiya hududi Gretsiyaning Komotini, Ksanti va Alexandroupolis viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bugungi kunda G’arbiy Trakiyada 150 000 dan ortiq turk istiqomat qiladi. Bundan 94 yil muqaddam 1923-yili qabul qilingan Lozan tinchlik kelishuvi orqali G’arbiy Trakiya turklari “etnik-ozchilik” statusiga ega bo’lgan. Lekin turklar ko’pchilik vaziyatlarda “etnik ozchilik” huquqlaridan foydala olmayapdi. Gretsiyaning turklarga qaratilgan tazyik siyosatlari yuzasidan 1920-yillarda G’arbiy Trakiya aholisining 60 foizini tashkil etgan turklar soni bugungi kunga kelib 30 foizlarga tushib qolgan. Shu bilan birga G’arbiy Trakiya turklari 1923-yili qariyb 84 foizlik hududga ega bo’lar ekan ushbu raqam bugungi kunda 25 foizga qisqardi.

G’arbiy Trakiya turklarining etnik-ozchilik huquqlaridan foydalanishi uchun Gretsiya hukumati tomonidan yo’lga qo’yilgan tartib-qoidalar 1960-yillardan boshlab o’z faolligini yo’qotganligi kuzatildi. Turklar 1967-yildan e’tiboran fond yetakchiligidan chetlatildi. 1970-yildan e’tiboran esa “turk” degan nomidan foydalanishlik jinoyat hisoblandi. 1980-yillarda tashkilot nomlarida “turk” nomi o’rin olgan etnik-ozchiliklarga oid nodavlat notijorat tashkilotlar noqonuniy deb e’lon qilindi. 1990-yillarda muftiylarning saylovi haqidagi 1920-yili kuchga kirgan qonun bekor qilinib, qabul qilingan yangi qaror orqali Prezidentlik apparati qarornomasi bilan “tayinli muftiy” degan qoida boshlatildi. Bunga o’xshash yana onlab salbiy aksiyonlar haqida gapirish mumkun.

Gretsiya hukumati “turk etnik-ozchilik” degan ifodaning Lozan tinchlik kelishuvida o’rin olmaganligini iddio qilmoqda. Ushbu kelishuvning “etnik-ozchiliklarning himoya qilinishi” degan moddalarida “musulmon” ta’biriga o’rin berilishiga qaramay kelishuvning boshqa hukmlarida o’rin olgan “turk” iborasining va konferentsiya protokoliga kiritilgan bayonotlardan G’arbiy Trakiyadagi “etnik-ozchilik” mansublarining turk ekanliklari ochiq-oydin o’rtada.  

Bugungi kunda G’arbiy Trakiyadagi etnik-ozchilik ta’limi, diniy erkinliklari, fond faoliyatlari va siyosiy vakillik saviyasi xususlari bosh bo’lish bilan birga bir necha tarmoqda jiddiy muammolar mavjud. Gretsiya, Lozan kelishuvida turk etnik ozchilik uchun taqdim etilgan huquqlarning hech qaysiniga amal qilmaganidek, G’arbiy Trakiya turklarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatdan tazyik ostida tutmoqda. “Turk” va “Turkiya” nomlarini yo’q deb hisoblagan Gretsiya, iqtisodiy jihatdan ham tazyik o’tkazishni paymol qilmayapdi.

G’arbiy Trakiyadagi etnik-ozchilikning muhim shaxslari bilan o’tgan hafta telefon va internet orqali muloqat qildik. Qayd etilishicha ularning eng buyuk muammolari, iqtisodiy tazyik va ta’lim sohasidagi ikki yuzlamachilikdir. Shu doirada Gretsiyada turklarga ish berilmaganligi, shu bois ham ularning ko’pchiligining tamaki dalalarida mexnat qilganligi va hosillariga ham yurt bo’ylab o’rtacha narxdan ham kam pul to'langanligidan norozilar. Ta’lim sohasining esa xususan qoniqarli emasligini, shu bois ham bolalarning grek va turk tillarini o’rganishining murakkablashganligini ta’kidladilar. Turkiyadan o’qituvchi borishiga mamlakat hukumatining muammo yaratganligini qayd etmoqdalar. Shuningdek grek tilidagi ta’limning ham qasddan sifatsiz olib borilganligini ta’kidlamoqdalar. Albatta bu vaziyatda yoshlarning universitetda ta’lim olishining va bir kasb egasi bo’lishining yo’llariga ham monelik qilinmoqda.  

Turkiya Respublikasi G’arbiy Trakiya turklarining Lozan kelishuvi, Yevropa ittifoqining me'yorlari va xalqaro inson huquqlari tushunchasiga muvofiq har qanday imkonlardan foydalanishini xohlaydi. Turkiya shu asosda Yevropa Inson huquqlari sudi qarorlarining yo’lga qoyilishini talab qilmoqda. Zero Turkiya bu yo’l orqali Turkiyadagi grek fuqarolarining talablariga javob berish uchun oxirgi vaqtlarda muhim shaxdam qadamlar tashladi. Shuning uchun ham Turkiyaning shunga o’xshash yondashuvlarni Gretsiyadan kutishi ham tabiiy hol. G’arbiy Trakiya turklari foydali Gretsiya fuqarosi sifatida Gretsiya uchun mexnat qilmoqda. Bunga qarshi ham Lozandagi hukmlarga va Yevropa ittifoqi standartlariga loyiq ravishda muomala kutish eng tabiiy haqlaridir.  

Prezident Erdog’anning Gretsiyaga bo’lgan tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishi va do’stlikning yana-da mustahkamlanishi uchun tarixiy imkondir desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunday tashrifning amalga oshirilishi, ikki tomonda ham shu yo’lda bir irodaning borligini ko’rsatmoqda. Lekin eng muhimi ikkala davlat o’rtasida hal qilinishi kerak bo’lgan bir necha muammo bor. Ularning bir bo’lagi xroniklashgan vaziyatda.  Bu tashrif chog’ida biz aytgan tushunmovchiliklarning hal bo’lishi uchun konkret natijalar chiqmasligi mumkin. Bundan eng asosiy natija esa o’zaro yaxshi niyat va ishonch muhitining ta’minlanishi. Roppa-rosa 65 yil ortidan amalga oshirilgan ushbu rasmiy tashrif, buning uchun tarixiy imkon. Gretsiya bilan Turkiyaning o’zaro munosabatlarining mustahkamlanishi, etnik-ozchilik muammolarining hal qilinishini ham qulaylashtiriladi. Bu vaziyat Turkiya bilan Gretsiyani bir-biriga yana-da yaqinlashtiradi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar