• Video galereya

Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 5-qism

Turkiyaning Afrin amaliyoti Rossiya jihatidan uzoq vaqtdan beri kutilgan harbiy voqea hisoblanadi. Chunki har bir Putin-Erdog’an uchrashuvida Turkiya, Afrin masalasini kun tartibiga olib chiqdi.

Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 5-qism

Turk armiyasining Afrindagi amaliyotidan oldin ham, keyin ham Rossiyaning bu amaliyotga bo’lgan munosabati tez-tez kun tartibiga olib chiqildi. Amaliyot haqidagi birinchi fikrlar o’rtaga tashlanayotgan chog’larda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan AQShda, rus askarlarining Suriyani tark etishi haqidagi ma’lumotlarning yolg’on ekanligining qayd etilishi omma e’tiborini o’ziga qaratgan edi. Faqat Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan rus askarlarining xavfsiz hududlarga o’tkanligining bayon etilishi bilan muzokara to’xtadi. Turkiyaning Afrin amaliyoti Rossiya jihatidan uzoq vaqtdan beri kutilgan harbiy voqea hisoblanadi. Chunki har bir Putin-Erdog’an uchrashuvida Turkiya, Afrin masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Rossiya eng avvalo Afrin masalasida ehtiyotkor munosabatda bo’lishiga qaramay PYD terror tashkilotining oxirgi vaqtlardagi siyosatlari yuzasidan PYD terror tashkilotiga qarshi Turkiya bilan kurashishni avzal ko’rdi. Shu doirada Rossiya, Afrin amaliyotidan bir kun oldin o’z askarlarini Tel-Rifat mintaqasidagi vaqtinchalik nazorat nuqtasiga joylashtirdi.  

Rossiya PYD terror tashkilotidan umidini uzdi Afrin amaliyotining boshlashi ortidan PYG harbiy unsurlarining Rossiyaga bo’lgan og’ir bayonotlari hammaga ma’lum. Hattoki bu bayonotlar bilan birga PYD va Bashar al-Asad o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvlarda Rossiyaning o’rtamchilik qilganligini ham tushunib yetdik. To’g’rirog’i YPG Bosh qo’mondoni Sipan Hamoning bundan keyingi Asad bilan bo’lgan uchrashuvida Rossiyaning o’rtamchiligiga ehtiyoji yo’qligini ma’lum qilishi bir jarayonning xulosasi sifatida edi. AQSh siyosatlari va yordamlari PYD terror tashkilotini to’g’ridan-to’g’ri AQShga qarashli tashkilotga aylantirdi. PYD olgan qurol yordamlari orqali ham Bashar al-Asad, ham da Rossiyaga qarshi kurash olib borish fikriga burkandi. Rossiyalik rasmiylar bilan Suriyaning Kamishli shahrida o’tkazilgan uchrashuvlarda PYDning mustaqillik, milliy armiya haqidagi talablarining aslida, AQShning talablari ekanligi Rossiya tomonidan anglashildi. Rossiya oxirgi Suriya Milliy muloqat kongressi uchun o’z tayyorgarliklarini davom ettirar ekan PYDning boshqa kurd guruhlarga o’tkazgan tazyikidan ham bezovta bo’ldi. Rossiya tomonidan taklif qilgan kurd qabila liderlari PYD tomonidan tahdid qilinib, ularning kongressda ishtirok etishiga mone’lik qilindi. Bu vaziyatda Milliy Muloqat kongressining PYD tomonidan to’sqinlik qilinishiga harakat qilinishi to’g’risini aytganda Rossiyaning toqatini toq qildi.

PYD terror tashkilotining oxirgi kunlarda Rossiya va Suriya boshqaruvini ko’rmaslikka olgan holda AQSh bilan siyosat olib borishi, Rossiyaning PYD siyosatiga o’zgartirish kiritishiga yo’l ochdi. Masalan,  Rakka va Dayr-Zor mintaqasida Bashar al-Asad va Rus unsurlariga qarshi hujum uyushtirgan unsurlarning PYD bilan aloqasi bor edi. Rakka DEASh terror tashkilotidan qutqarilganidan keyin shaharning arab qavimlari yoki Bashar al-Asadga topshirilishi kerakligi haqidagi Rossiyaning fikriga ham PYD qarshi chiqdi. Yani PYD terror tashkilotining oxirgi 6 oyda amalga oshirgan faoliyatlarining ko’pchiligi Rossiyaning talablariga javob bermaydi. Rossiya jihatidan qo’lga olinganida PYD o’z jazosini tortmoqda.

Rossiya tomonidan PYDning nishonga olinishida AQShning faol ravishda kurdlar o’rtasida separatist fikrlarni yoyishining ham katta ta’siri bor. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrovning, “AQSh yo vaziyatdan bexabar yoki qilganlari aniq provakatsiya” degan ifodalari PYD-AQSh hamkorligiga alohida e’tibor qaratmoqda.      

Turk-Rus munosabatida Afrin parchalanish nuqtasi edi Rossiya 2015-yili Suriya voqeasiga aralasha boshlar ekan PYD bilan bo’lgan munosabati ijobiy tus oldi. Shu doirada Afrin mintaqasiga kuzatuvchi mutaxassis sifatida rus askarlari yuborildi. Manbijdagi DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda rus armiyasi bilan PYD unsurlarining birgalikda faoliyat olib borganligi matbuot manbaalaridan barchamizga ma’lum. Bugungi kunda Manbijda ham rus harbiy kuzatuv nuqtalari mavjud. Shuningdek Kamishli mintaqasida rus harbiy mutaxassislarining faoliyat olib borganligini taxmin qilmoqdamiz. Turkiyada qachon Afrin masalasi kun tartibiga olib chiqilsa, bu amaliyotga Rossiya tomonidan monelik qilinganligi qayd etilayotgan edi. Bu vaziyat ikkala mamlakat uchun parchalanish nuqtalaridan biri edi. Turkiyaning Afrin amaliyotini Rossiyani ham bir darddan qutqardi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Suriyadagi kuchli hamkorlik va Turkiya-Rossiya o’rtasidagi Turk oqimi bosh bo’lish bilan birga elektr energiyasi va harbiy tarmoqdagi hamkorliklar, Rossiyaning PYD terror tashkilotini tanlanmasligiga yo’l ochgan muhim faktor hisoblanadi. Turkiya va Rossiya o’rtasida Afrin-Idlib almashuvi shartnomaning borligi haqidagi fikri esa, Turkiya bergan bayonot orqali noto’g’ri deb topildi.  

Afrin amaliyoti Sochi jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinmi? Turkiyaning Afrindagi “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyoti, “Sochida o’tkazilishi rejalashtirilgan Suriya Milliy muloqat kongressiga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkunmi” degan savollar bilan tez-tez kun tartibiga olib chiqildi. Shuning uchun ham kongressda ishtirok etish niyati bo’lmagan ba’zi muxolifat kuchlar fikrining, Afrin amaliyoti ortidan ijobiy tomonga o’zgarganligining guvohi bo’ldik. Yagona farq PYD terror tashkilotining kongressda ishtirok etadigan kurd qabila vakillarini popisa qilishidir. Shuning uchun ham kongress kurd vakillarsiz o’tkazilishi mumkin. Suriya Milliy muloqat kongressi jarayonida yangi konstitusiya ustidagi faoliyatlarning boshlatilishi rejalashtirilganligiga qaraganda PYDning fikri e’tiborga olinmagan holda, bir konstitutsiya moddalarining tayyorlanishi mumkin.

PYD/ YPG terror tashkiloti nazorati ostidagi Suriya Demokratik kuchlarining Afrin amaliyoti boshlashi ortidan, “Sochi konferentsiyasi va uning natijalarini qabul qilmaymiz. Ruslar o’z o’rnini takror qarab chiqishi darkor” deb bayonot berishini tashkilotning Rossiyaga bo’lgan munosabati deb qabul qilish mumkin. Afrin amaliyotidan oldin Rossiya PYD terror tashkilotini bir amallab kongressda ishtirok etihini ta’minlashga harakat qilayotgan edi. Faqat bu amaliyot bilan birga PYD terror tashkilotining kongressga taklif qilinmasligi aniqlik kiritilgan bo’ldi.

Turkiya bilan Rossiya bitta davlat sifatida siyosat olib bormoqda Turkiya bilan Rossiya nima bo’lishidan qat’iy nazar bir necha mavzuda bitta davlat sifatida faoliyat olib bora boshladilar. Suriya masalasining bir necha moddasida bir xil ko’z qarashga ega bo’lmasalar ham natijada til topisha olmoqdalar. Turkiyaning ehtiyoji bo’lgan harbiy texnologiya bosh bo’lish bilan birga atom energiyasi masalasida Rossiya Turkiyani qo’llab-quvvatlar ekan Turkiya ham Turk oqimi loyihasi masalasida Rossiyani qo’llab-quvvatlamoqda. Shuning uchun ayniqsa Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raislari o’rtasidagi munosabat bir necha muammoning tez hal qilinishiga yo’l ochmoqda. Bu davrda Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Gerasimovning Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi siyosiy yo’lning belgilanishida o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

Turkiyaning “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyotini Rossiya bilan birgalida amalga oshirayotganligini aytib o’tishimiz darkor. Rossiya bilan Turkiyani, Suriya masalasida birlashtirgan eng muhim nuqta esa Suriyaning hududiy yaxlitligida, bu ikki mamlakatning hamfikr ekanligidir.

Aziz dasturimiz muxlislari, Rossiya tadqiqotlari instituti yetakchisi, poytaxt Anqarada joylashgan Yildirim Beyazit nomidagi universitet o’qituvchisi, professor doktor Salih Yilmazning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar