• Video galereya

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 5-qism

Dasturimizning bugungi sonida “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyot doirasida Turkiyaning milliy mudofaa tizimi va bu sohadagi yutuq va kamchiliklarga nazar tashlaymiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 5-qism

                         

Turkiya Respublikasi qurolli kuchlarining Afrindagi “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyoti davom etmoqda. Turkiya bu amaliyotni aksariyat mahalliy mudofaa imkoniyatlari bilan amalga oshirmoqda.

Dasturimizning bugungi sonida “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyot doirasida Turkiyaning milliy mudofaa tizimi va bu sohadagi yutuq va kamchiliklarga nazar tashlaymiz.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya milliy mudofaa sanoati chegara ortida olib borayotgan Afrin harbiy amaliyotida katta sinovdan o’tmoqda. So’ngi yillarda atrofdagi qo’shni mamlakatlarda sodir bo’layotgan notinchliklar va jang maydonidagi sharoitlar Turkiya qurolli kuchlarining o’zini yanada takomillashtirishiga va yangi ixtirolarga ehtiyoji borligini taqazo qiladi.

Mintaqada avj olgan tahdidlarning darajasi Turkiya qurolli kuchlarini o’z kuchini yanada oshirishga undaydı.

Oxirgi 15 yilda Turkiya mahsuloti bo’lgan mudofaa vositalari va o’q-dori eksporti taxminan 15 barobar oshar ekan, Turkiya qurolli kuchlarining mahalliy harbiy mahsulotlardan keng foydalanganligi soha rivojiga katta hissa qo’shdi.

2013 yildan buyon mudofaa sanoati mahsulotlarini eksport qilgan 450 nafar turk firmasi 177 mamlakatga mahsulot sotdi. O’tgan yili Turkiyaning mudofaa mahsulotlari eksporti 2 mlrd dollarni tashkil qilar ekan, sektorning aviatsiya sohasi bilan birga, jami hajmi 6 mlrd dollarga yetdi.

2002 yilda 80%ni tashkil qilgan chetga to’belik nisbati bugungi kunda 35%gacha pasaygan vaziyatda.

Zirhli quruqlik vositalari, qisqa va o’rta masofali raketa majmualari, qurolli uchuvchisiz havo vositalari, jangovar dengiz vositalari va bularga mos o’q-dori ishlab chiqarish chetga to’belikni kamaytiribgina qolmasdan, milliy mudofaa sohasining ehtiyojlarini to’g’ridan ta’minlash jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga ta’sir ko’rsatgan boshqa omil esa, tashqi tadorikchi davlatlarning siyosiy sabablar bilan Turkiyaga qurol va texnologiya yetkazishda majburiyatlarni bajarmaganligi yoki bu mavzuda xohishsiz ekanligi bo’ldi.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning “Yomon qo’shni bizni uy egasi qildi” degan so’zlari bilan anglatilgan bu murakkab jarayonda Turkiya dunyoning ilg’or qurol va mudofaa texnologiyalarini ishlab chiqarayotgan davlatlar ro’yxatiga kirdi.

Ayniqsa, Iroq va Suriyadan kelib chiqqan xavfsizlik tahlikalariga qaramay, NATO va BMTning qoidalariga binoan Turkiya uchun bajarishi zarur bo’lgan xavfsizlik va chegara mudofaasi majburiyatlarining bajarilmaganligi, havo mudofaa majmualaridan Turkiya foydasiga ishlatilishini oldini olish, shoshilinch ehtiyoj his qilingan quruqlik va havo vositalarining modernizatsiyalash loyihalarini sekinlashtirish kabi holatlar mamlakatning ittifoq tarkibidagi hamkorlari bilan muammo kelib chiqishiga sabab bo’ldi.

Bugungi jarayonda dunyoning eng faol mudofaa sanoati ro’yxati sifatida qabul qilingan “Defense News Top 100” ichida uchta turk firmasi o’rin olgan.

Turli loyihalarning global miqyosdagi o’rni sezilishi bilan bu firmalarga buyurtma berish darajasi ham oshmoqda. Misol qilib aytadigan bo’lsak, mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilgan “Atak” harbiy vertolyoti uchun Pokiston bilan shartnoma tuzildi. Shuningdek, uchuvchisiz havo vositasi uchun esa Malayziya bilan shartnoma tuzilish arafasida.

Darvoqe, o’tgan yili “Evfrat qalqoni” harbiy amaliyotida katta foyda keltirgan “Altay” tanklari muntazam ravishda ishlab chiqarila boshladi va xozirda ushbu tanklar uchun mahalliy imkoniyatlar bilan motor ishlab chiqarish faoliyatlari ketmoqda.

 “Atilgan” va “Zipkin” nomli qisqa masofali havo mudofaa majmualari quyi masofada qo’llanilmoqda va o’rta masofada uchish qobiliyatiga ega bo’lgan “Hisar-A” vositasi esa, 2020-yilda muntazam ravishda ishlab chiqarila boshlashi kutilmoqda.

Vertolyot va qurolli uchuvchisiz havo vositalari uchun ishlab chiqarilgan zenit raketalari Afrindagi “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotida qo’llanilmoqda. Biroq, mahalliy va milliy mudofaa tizimining butunlay 100% mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarishga hali juda ko’p vaqt kerak bo’ladi.

Zero, finans va texnologiya sohalarida ba’zi kamchiliklarga ega bo’lgan Turkiyaning oldida hali katta masofa bor. Shuni aytish joizki, dunyoning eng ilg’or kuchlari va deyarli har bir davlat o’zaro chetga to’be vaziyatda. Dunyoda mudofaa sohasida chetga to’be bo’lmagan davlatlarga birgina Amerika va Rossiyani misol qilib keltirish mumkin. Yaqin kelajakda iqtisodiy hajmi va texnologik poydevor jihatidan Turkiyaning ushbu ikki davlatga raqib bo’lishi oson emas. Shu sababli, Turkiyaning ham uzun masofali havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqarishi va uni 100% mahalliy texnologiyalar bilan barpo etishga zamin yaratish zarur.

Kelgusida Turkiyaning milliy mudofaa sanoati Turkiyaning mintaqaviy va global maqsadlariga erishishiga katta hissa qo’shgan sohalardan biri bo’lishi mumkin.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar