Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Aleksis Chipras bilan muloqot qildi

“So’ngi o’zgarishlardan xavotirdamiz. Egey dengizida vaziyatni bosdi-bosdi qilish uchun Yunoniston zarur chora-tadbirlarni olishi kerak”,-dedi Binali Yildirim.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Aleksis Chipras bilan muloqot qildi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Binali Yildirim Chiprasga Egey dengizida vaziyatni bostirish uchun zarur chora-tadbirlarni olish kerakligini ma’lum qildi.

“So’ngi o’zgarishlardan xavotirdamiz. Egey dengizida vaziyatni bosdi-bosdi qilish uchun Yunoniston zarur chora-tadbirlarni olishi kerak”,-dedi Binali Yildirim.

Bu xususda zarur bo’lgan taqdirda, ikki tomonning oliy martabali harbiy mutasaddilari to’planib, vaziyatni muhokama qilish va chora ko’rish bo’yicha kelishib olindi.

Samimiy ruhda bo’lib o’tgan suhbat chog’ida, muammolarni muloqot yo’li bilan hal qilishga ahamiyat berilishi va ishonchni oqlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish ustida bosh qotirildi.

Bosh vazir Binali Yildirim Belorusiyaga safari oldidan bu haqda matbuotga intervyu berdi.

“Keskinlikdan uzoq turish ikki davlat uchun ham yaxshilik olib kelishini Chiprasga aytdik. Chunki, Egey dengizi do’stlik dengizi bo’lishi kerak”,-dedi Binali Yildirim.

Binali Yildirim Turkiya va Yunoniston harbiy bosh shtab rahbarlarining NATO himoyasida Belgiya poytaxti Brusselda uchrashishini so’zlariga ilova qildi.

 

 



Aloqador xabarlar