PKK/KJK terror tashkilotining giyohvand modda tijoratidagi ro'li...

Giyohvand moddani yetishtirish, ishlab chiqarish, tarqatish va uning savdosini boshqarish terror tashkilotining eng katta daromad manbai hisoblanadi.

PKK/KJK terror tashkilotining giyohvand modda tijoratidagi ro'li...

PKK/KJK TERROR TASHKİLOTİNİNG GİYOVAND MODDA SADOSİDAGİ ROLİ

Terrorizm va giyohvand modda bilan aloqasi

Dunyoning  duch kelgan eng muhim tahdidlardan biri bo’lgan giyohvand modda insoniyatga qarshi katta bir tahdid  bo’lib  xavfli  jihati  kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa yoshlar va kelajak nasllar uchun  katta  bir muammo bo’lgan giyohvand modda ayni zamonda savdo  jihatidan ham manfaat muhitlari uchun katta daromad va terrorizm uchun moliyaviy bir  manbadir.

Oxirgi yillarda xalqaro tashkilotlar tomonidan tarqatilgan giyohvand modda va terrorizm  bilan aloqali hisobotda,  Terror tashkilot giyohvand moddadan qo’lga kiritgan daromad bilan  qurol, boshpana, oziq- ovqat, kommunikatsiya, propaganda va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun moliyaviy manba sifatida foydalangani doir ma’lumotlar o’rin olmoqda. Jahon giyohvand modda bo’yicha hisobotda, dunyo bo’ylab giyohvand modda savdo  hajmi qarib 320 milliard dollar ekanini va bu miqdor uyushgan jinoyatchilik va terror tashkilotlarining moliyaviy manbaining muhim bir qismini  tashkil etganini ta’kidlamoqda. 2016 Yevropa giyohvand modda hisobotida  esa,  Yevropa ittifoqi bo’ylab giyohvand modda  bozori  24 milliard Yevro ekanini ma’lum qilmoqda.

Terror tashkilotlari bilan  tegishli giyohvand modda savdogarlari o’rtasida o’zaro manfaatdan   bahs etish xatali bir  hisobot emas. Giyohvand  modda savdogarlari  va terroristlarning tashkilot metodlari, qurol ta’mini va maxfiy tashkilotlarga kirish imkoniyatidan foydalanar ekan, terrorist tashkilotlar ham giyohvand moddani  bir daromad manbai sifatida ishlatmoqda  va qo’lga kiritilgan qora pulni  yuvish, giyohvand modda  savdogarlarining metodlari va qobiliyatlaridan foydalanmoqda,  giyohvand modda savdosi va terrorning muhim  ajralmas bir  parchasi bo’lib giyohvand modda kontrabandasi  terrorning savdo va terrorning bir qism manbai ekanini ta’kidlash kerak.

Ochiq ravishda ko’rilmoqdaki,  terror tashkilotlari bir tomondan noqonuniy giyohvand modda ishlab chiqarib  va savdo yo’li bilan o’z  faoliyatlariga moliyaviy manba ta’min etmoqdalar. Boshqa tomondan giyohvand moddaga qaramliklarning  sonini orttirishi  yo’li  bilan milliy kuch inson unsurini buzishga harakat qilmoqda.

PKK/KJKning giyohvand modda savdo faoliyatlari

O’tmishda va bugunki kunda, Turkiyaga qarshi faoliyat ko’rsatgan tashkilotlar qatorida birinchi o’rinda PKK/KJKning ham giyohvand  moddadan moliyaviy jihatdan katta mablag’ va giyohvand modda ishlab chiqarish  yo’li  bilan savdoning barcha bosqichlarida o’rin olgani aniqlandi. PKK/LJK terror tashkiloti, giyohvand modda ishlab chiqarish va savdosiga tegishli faoliyatlari uzoq muddatdir o’lkamiz va jahon hamjamoatidan yashirishni bajarganlar.  Buning bilan birgalikda, tashkilotning so’zda boshqaruvchilarini qo’lga tushirilganda  qilgan iftirolari oxirgi yillarda o’lkamiz va boshqa o’lkalarda amalga oshgan terror bilan  aloqali giyohvand  modda operatsiyalar natijasida, PKK/ KJK terror tashkilotining giyohvand modda jinoyatlariga aralashgan milliy va xalqaro hamjamiyat  tomonidan  ham  ochiq oydin ko’rilmoqda.

Tashkilot liderlari, giyohvand modda ishlab chiqarish va tujjori faoliyatlarni tashkilotning partizan kadrlaridan va jamiyatdan yashirishga harakat qilmoqda.  Zira giyohvand modda savdosi haqiqatda bir insoniyat jinoyati ekanini, buni tashkilotning propaganda faoliyatlariga zarba urishini va yangi partizan nomzodlariga salbiy jihatdan ta’sir tashlashi kutilmoqda.

Terror tashkilotining, 1990- yilida amalga oshirgan ikkinchi milliy konferensiyasida olingan “ chegaralarda so’zda) soliq to’plash,  tashigan mahsulotlarning hajm va  qiymatiga ko’ra  kontrabandalardan so’zda soliq olish” shaklidagi qaror tashkilotning juda erta davrlardan e’tiboran  giyohvand modda sektorida o’rin olganining  bir ifodasidir.

A.O’jalan, terror tashkiloti giyohvand modda bilan aloqasiga doir 1999- yilida bergan bir  bayonotida, “ giyohvand modda savdosini  bizoat o’zi amalga oshirmaydi, bu ish bilan shug‘ullanganlardan  ulush olinganini aytgan, Zagros va Maku hududida ukasi O’smon  O’jalan bilan birgalikda nomi zikr bo’lgan hududlarga yuborilgan tashkilot boshqaruvchilari  giyohvand modda savdosi amalga oshirib va  bu voqealar nazorati tashqarisida ekanini” ma’lum qilgan. Terror  jinoyatlarini amalga oshirish va daromad qo’lga kiritish uchun giyohvand  modda  ishlab chiqarib va  tijorat qilishi quloy va foydali bir yo’l sifatida ko’rgan PKK/KJK terror tashkiloti giyohvand  modda savdosini  har sohada professional ravishda  bu borada faoliyat yuritilmoqda. 

Giyohvand moddalarga qarshi kurashgan tashkilotlarimiz tomonidan olib borilgan reydlar natijasida bunga qanoat hosil qilinar ekan, PKK/KJK terror tashkiloti giyohvand modda tijorati bilan shug’ullangan shaxslardan pora olibgina qolmasdan, bu tijoratga rasman qo’shilgani aniqlangan.

Qolaversa, terror tashkilotiga qarshi olib borilgan operatsiyalarda katta miqdorda giyohvand moddalar topilmoqda. 1980-2017 yillar oralig’ida PKK/KJK terror tashkilotlari bilan aloqador bo’lgan jami 414 marta narkoterror operatsiyasi amalga oshirildi. Bu operatsiyalarda 1325 nafar shubhali shaxs qo’lga olindi, 10 minglab kg geroin, taxminan 88 mln dona nasha o’simligi topildi. Bu holat terror tashkilotining giyohvand modda tijorati bilan qanchalik shug’ullanganligini ko’rsatadi.

PKK/KJK terror tashkiloti;

  • Giyohvand moddani yetishtirish, ishlab chiqarish, tarqatish va uning savdosini boshqarish;
  • Giyohvand modda ishlab chiqaruvchilar yoki xorijdan giyohvand modda olib kelgan va uni noqonuniy ravishda o’tkazmoqchi bo’lgan shaxslardan go’yo “soliq” nomi ostida pora olish;
  • Yevropada giyohvand moddani tarqatish va uni ko’chalarda sotishni kengaytirish;
  • PKK/KJKni xabardor qilmasdan giyohvand modda tijorati bilan shug’ullangan shaxs yoki uyushgan jinoyatchi to’dalarga oid giyohvand moddalarni musodara qilish;
  • Giyohvand modda ishlab chiqaruvchi to’dalarga yer ajratish va uni himoya qilish;
  • Sharqiy va janubi sharqiy Anadolu hududlaridagi noqonuniy nasha yetishtirishda faol ro’l o’ynash;
  • PKK/KJKning giyohvand modda tijorati tashkilot ichidagi maxsus hujralar tomonidan olib borilganligi va boshqa terroristlar xabardor etilmaganligi aniqlandi.

Terror tashkiloti nasha yetishtirib sotishni eng katta daromad manbai deb biladi. Asosan, Turkiya janubidagi maydonlarda nasha ekib sotishdan katta daromad qilgan terror tashkiloti qishloqlarda yashagan insonlarni ham bunga tashviq etmoqda, ularni bunga undamoqda va ishlab chiqarilgan giyohvand modda uchun ulush olmoqda.

Terror tashkiloti bir paytlar Livanning Bekaa vodiyida joylashgan ta’lim lagerida nasha va ko’knori ekib, laboratoriyalarda undan giyohvand modda ishlab chiqarardi. Xozirda esa, Iroq shimolidagi lagerlarda va Turkiya chegarasiga yaqin hududlarda giyohvand modda yetishtirib, undan katta daromad qilmoqda.

Xususan, afg’on afyonidan tayyorlangan geroinni Yevropa bozoriga olib chiqmoqda. Turkiya afsuski, geografik joylashuvi jihatidan giyohvand modda yetishtirilgan mamlakatlar bilan sotuvga chiqarilgan mamlakatlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tmoqda. Giyohvand moddalar dunyo bo’yicha asosan Afg’oniston, Pokiston va Eronda ishlab chiqariladi. Turkiya bu davlatlar bilan Yevropa o’rtasida tranzit o’tish guzargohida joylashgan. Turkiya orqali xorij mamlakatlarga olib o’tilgan geroin guzargohi “Bolqon rotasi” deb bilinadi.

PKK/KJK terror tashkilotining bu faoliyati Yaqin sharqdan to g’arbiy Yevropagacha cho’ziladi. Bu bepoyon maydon “Bolqon rotasi”ni o’z ichiga oladi. Giyohvand modda oqimiga aylangan bu rota orqali giyohvand moddalar osonlikcha manzilga yetkaziladi.

PKK/KJK terror tashkiloti giyohvand modda bilan bog’liq faoliyatlarini ishlab chiqaruvchilardan pora olish bilan boshlagan bo’lsa ham, bugunga kelib Yevropa ko’chalaridagi giyohvand modda tijoratini nazorat qiladigan darajaga yetib keldi.

Tashkilot Yevropada narkotik tijoratini o’zi tartiblab o’zi boshqaradi. Giyovand moddalardan qo’lga kiritgan katta daromadning har tomonga tarqalishining asosiy sababidir. Qolaversa Birlashgan Qirollik markazli Henry Jackson Society fikr tashkiloti tomonidan chop etilgan “Unutilgan Xorijlik Jangchilar: Suriyadagi PKK” (The Forgotten Forieng Fighters: The PKKning Suriya) sarlavali hisobotida ham PKK/KJKning Yevdopadagi daromad manbaining boshida narko biznes va Eron narkotikini Turkiya ustidan Yevropaga o’tkazib bu yerdagi kishilari tomonidan tarqatilgani qayd etilmoqda.

 

PKK/KJK’ning giyovand modda tijorati bilan aloqali xalqaro tashkilot va xorij  davlatlarning fikrlari

Xalqaro manbalarda PKK/KJKning asosiy daromad  manbaining narko biznesdan ta’minlagani haqida ma’lumotlar joy olmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Narkotik va Jinoiy ishlar ofisi (United Nations Effice on Drugs and Crime-UNODC), O’rta Osiyo, Afg’oniston va boshqa davlatlardan Yevropaga  yillik  5 milliad dollarlik bir daromad topmoqda va Yevropalik razvetka tadqiqotchisiga ko’ra bu daromadning yarmi PKK/KJKga hisobiga o’tmoqda.

1992- yil, dunyo bo’ylab o’tkazilgan 41- narkotik oparsiyasidan 23 tasida qo’lga olinganlarning PKK/KJK bilan aloqada bo’lgan davrlar INTERPOL ro’yxatiga bo’lgan, Germaniya, Isaniya, Italiya, Shvetsiya, Fransiya va Turkiyada 1990- yillari o’tkazilgan operatsiyalarda tonnalab giyovand modda  topilgandir. INTERPOLga ko’ra Yevropada narkotik bozori, 1992-yil 80%, 1994- yil 60-70 % atrofida PKK/KJK tomonidan boshqarilayotgan edi.

Oxirgi yillar INTERPOL; Germaniya, Italiya, Gollandiya va Ispaniyada joy olgan farqli Kurt guruhlarning narkotik tijorati olib borgani kuzatilgan. Tashkilot, Turkiya va Shimoliy Iroqda giyovand modda laboratoriyalarni boshqargani bilinmoqda. Operatsiyalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida narkotik tijorati bilan bir qatorda PKK/KJK, G’arbiy Yevropadagi Kurt asilli zaharli modda savdogarlaridan ham o’z olujini olmoqda.

PKK/KJKning, narko biznesda Yevropadagi manbalardan foydalanib AQShda ham bu tijorat bilan shug’ullanmoqda. Tashkilotning, 1996-yili 1 gram geroinni 350 dollardan Amerika  bozorlarida surgani haqida ma’lumotlar mavjud. PKK/KJK terror tashkilotining faqat Afg’onistondan Yevropaga borgan geroindan yillik 50 bilan 100 million dollar daromad  topgani bilinmoqda, bu daromadning jami 1,5 miliard dollarga borib yetgani tahmin etilmoqda.

PKK/KJKning giyovand modda savdodi EUROPOLning 2011- yilgi terrorizmning vaziyati va intilishlar (TE-SAT) sarlavhali hisobotiga o’rin bergan.  Hisobotga ko’ra, PKK/KJK  faoliyatlarini moliyalashtirish ucuhn narkotik savdosi va bunga o’xshash jinoyatlar sodir etmoqda. Shuningdek EUROPOL tomonidan 2013- yili chop etilgan, (TE-SAT); Turkiya hisobotida PKK/KJKning, terror faoliyatlari uchun giyovand modda tijoratiga aralashganini ko’rsatgan tashkilotning, Turkiya chegarasidan o’tgan giyovand moddadan ma’lum miqdorda pul to’plagani, shuningdek giyovand moddani Turkiyadan o’tkazish, YIga tarqatish va  savdosidan o’ziga hissa olgani, bu giyovand modda savdogarlarini PKK/KJKdan qo’riqlash va kelishmovszliklarni hal etishini taklif qilgani haqida ma’lumotlarga o’rin bergan edi.

NATOning 2007- yilgi Qo’shimcha Iqtisodiy Qo’mita yig’ilishidagi hisobotda; “Narkotik tijoratining PKK/KJKning asosiy daromad manbai jinoiy faoliyat bo’lgani, Pokistondagi giyovand moddaning Iroqda distillab, ko’chalarda sovdolashga PKK/KJK tomonidan ilgari surilgan giyovand moddaning Yevropadan pora olishgacha, tashkilotning narkotik tijoratining har bosqichida joy olgani” ifoda etilgandir.

AQSh giyovand moddaga qarshi kurash bo’limi (Drug Enforcement Administration-DEA) hisobotiga ko’ra, PKK/KJKning daromad topish yo’li, geroin ishlab chiqarish, giyovand moddaning boshqa davlat tuproqlaridan  o’tganda pora olish va Yevropadagi giyovand modda bozorlarini nazorat qilishdir.

AQShning Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi raisi Asa Hutchinson, PKK terror tashkilotining Turkiyaning janubi-sharqiy mintaqasida, giyohvand moddalarni yuborish ishlarini soliqqa tortish va giyohvand modda kontrabandachilarining himoya qilinishi masalalarida o’rin olganligini qayd etgan. Mazkur Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi hisobotida; “PKK/ KCK terror tashkiloti Turk hukumatiga qarshi terror faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida geroin ishlab chiqarish va kontrabanda faoliyatidan foydalanmoqdadir. An’anaviy giyohvand moddalar kontrabandachi oilalar bilan kontrabandachilikni uyushtiruvchilar ham faol ish olib bormoqdalar” deyilgan.

AQSh G’aznachilik boshqarmasi 2009-2011-yillari; Murat Karayilan, Ali Riza Altun, Zubeyir Aydar, Jemil Bayik, Duran Kalkan, Remzi Kartal, Sabri Ok va Adem Uzunni sanksiyalangan chet el giyohvand moddalari kontrabandachilari (Specially Designated Narcotics Traffickers - SDNTs) deb e’lon qilgan va ular bu orqali, PKK/ KCK terror tashkilotining giyohvand moddalar kontrabandasi jinoyati xalqaro maydonda aniqlangan bo’ldi.

Shunga o’xshash 2012-yili AQSh G’aznachilik boshqarmasi Xorijiy valyutani nazorat qilish boshqarmasi (The U.S. Department of the Treasury’s Office of Foreign Assets Control - OFAC); Zeyneddin Geleri, Cherkez Akbulut va O’mer Boztepe degan PKK/ KCK terror tashkiloti a’zolarini Yevropa va ayniqsa Moldoviyadagi giyohvand modda oldi-sottilarining javobgarlari deb topib, sanksiyalangan chet ellik giyohvand modda kontrabandachilari (SDNTs) deya e’lon qildi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi tomonidan chop etilgan Xalqaro miqyosda giyohvand moddalarni nazorati qilish faoliyati haqidagi hisobotning (International Narcotics Control Strategy Report - INCSR) 2016-yildagi sonida esa Afg’onistondan Turkiyaga olib kelingan giyohvand moddalar ustidan ko’plab kurd va eronliklarning qo’lga tushganligi, ularning PKK/ KCK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganliklari va 2015-yili ham ko’plab turk shahrida va Yevropada giyohvand moddalarni kontrabanda qilgan yuqorida nomi tilga olingan terror tashkiloti a’zolariga qarshi amaliyotlar uyushtirganligini qayd etgan.

Buyuk Britaniya politsiya tashkiloti va giyohvand moddalarni nazorat qilish bo’yicha Jinoiy razvedka xizmati ma'lumotlariga ko'ra (National Criminal Intelligence Service - NCIS) ) PKK/KCK,  Yevropa ittifoqi tarkibidagi barcha davlatda sotilgan geroin moddasining yarmiga yaqinini to’g’ridan-to’g’ri uyushtirmoqdadir. NCISning qayd etishicha tashkilotning 1988-yildagi daromadi 85 million AQSh dollarini tashkil etadi va buning 44 foizini  kontrabanda yo’li bilan ta’minlangan giyohvand moddalar savdosidan qo’lga kiritilmoqdadir.

Germaniya Bosh prokurorligi, Yevropada qo’lga tushgan giyohvand moddalarning 80 foizining PKK/ KCK bilan aloqasi borligini ilgari surdi. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabrielning; “PKK/ KCK terror tashkiloti Germaniyada ham keng ko’lamli olaroq qurol va narkotik modda savdosiga aralashganligi va buning uchun ham man etilgan PKK/ KCK terror tashkilotining moliya resurslarining yo’q qilinishi Germaniyaga foyda beradi” degan 2017-yilning iyun oyidagi bayonotida ham PKK/ KCK terror tashkilotining narkotik moddalar bilan bo’lgan aloqasini yaqqol ko’rsatmoqda.

Fransiyaning Kriminologiya instituti tomonidan 1995-yili chop etilgan hisobot, PKK/ KCK terror tashkilotining giyohvand moddalar tarmog’idagi o’rniga e’tibor qaratmoqda. Hisobotda, tashkilot bilan giyohvand kartellari o’rtasida, “biologik, siyosiy va yer osti dunyosi” aloqasi borligi ifoda etilmoqda. Huddi ana shu yili, Kurdiston Demokratik partiyasi raisi Masud Barzoniy ham PKK/ KCK terror tashkilotining giyohvand moddalar ustidan kontrabanda jinoyatiga qo’l urganligini bayon etdi.    

Italiyaning 1998-yildagi Moliya politsiyasi ma’lumotiga ko’ra esa PKK/ KCK terror tashkilotining xalqaro giyohvand moddalar tijoratiga to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bor va muhojirlar tijorati orqali chet eldagi Turk ishbilarmonlari va ishchilarning muntazam ravishda himoya qilinishi faoliyatidan noqonuniy yo’llar orqali daromad qo’lga kiritmoqda.

Xulosa va baholashlar

Yuqorida qo’lga olingan masalada ko’rib turilganidek PKK/ KCK terror tashkiloti to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita giyohvand moddalar kontrabandasi ustidan daromad qo’lga kiritgan. Turkiyada terrorizmga qarshi amalga oshirilgan bir necha amaliyotda giyohvand moddalar qo’lga kiritilganidek, amalga oshirilgan bir necha giyohvand moddalarga qarshi uyushtirilgan amaliyotda ham terror tashkiloti a’zolari o’lik, yarador yoki tiriklayin qo’lga tushirilgan. Shuningdek tashkilotga oid hujjatlar ham qo’lga kiritilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu bilan birga ham terror tashkiloti to’daboshi, ham qo’lga tushgan a’zolari o’z ifodalarida ham xalqaro tashkilot yoki chet eldagi faoliyatlarida nomi tilga olingan tashkilotning giyohvand moddalar ustidan tijorat ishlari bilan shug’ullanganligi haqidagi bir necha ma’lumotga o’rin bergan. Bu vaziyat PKK/ KCK terror tashkiloti bilan giyohvand modda tijorati o’rtasidagi munosabatni yana-da yaqqol o’rtaga qo’ymoqda.

 

 



Aloqador xabarlar