Turkiya tashqi siyosatiga nazar 9-qism

Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning tashkil etilganiga 26 yil to’ldi.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 9-qism

                  

Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning tashkil etilganiga 26 yil to’ldi. 26 yildan buyon ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar har sohada tobora mustahkamlanib bormoqda.

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Ozarbayjon munosabatlariga nazar tashlaymiz.

Bundan 26 yil muqaddam 1992 yilning 14 yanvar kuni Ozarbayjon bilan Turkiya o’rtasida diplomatik munosabatlarni tashkil etishga doir bitim imzolandi.

Turkiya Respublikasi 1991 yilning 30 avgust kuni mustaqillik e’lon qilgan Ozarbayjon Respublikasini birinchilardan bo’lib tan oldi. 2010 yilda esa, prezidentlar darajasida Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi mexanizmi tashkil topti. Bu doirada strategik sheriklik va o’zaro harbiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi. Bu esa, o’zaro munosabatlarni harbiy ittifoq darajasiga olib chiqdi. Bunga doir bitimning 2-moddasida agar, Turkiya yoki Ozarbayjon boshqa biron davlatning hujumiga uchragan taqdirda, mushtarak xavfsizlik va mudofaa kuchlarini tashkil qilishini taqazo qiladi.

Strategik sheriklik bitimining 7-moddasiga ko’ra, Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi harbiy hamkorlik doirasida, ikkala mamlakatning qurolli kuchlari o’rtasidagi koordinatsiyani yaxshilash maqsadida bir qator faoliyatlar amalga oshirildi. Bu esa, ikki davlat o’rtasida mushtarak harbiy amaliyotlarni o’tkazishga katta imkoniyat berdi. Aytish joizki, Turkiya-Ozarbayjon o’rtasida vaqti-vaqti bilan harbiy mashg’ulotlar uyushtirildi.

Mana bunday harbiy amaliyotlarda ikki davlat qurolli kuchlarining tayyorgarlik sifati oshirilganligiga va jangovarlik qobiliyati yanada mustahkamlanganligiga guvoh bo’lish mumkin.

Turkiya-Ozarbayjon harbiy ittifoqi Turkiya mudofaa sanoati tomonidan ham qo’llab quvvatlanmoqda. Buning eng katta isboti sifatida shuni aytish joizki, Turkiya milliy raketa tizimlarini Ozarbayjonga eksport qilmoqda.

Ushbu raketa tizimlari Ozarbayjon qurolli kuchlari qobiliyatini yanada oshirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. 2016 yilda Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida ro’y bergan to’qnashuvlarda buni guvohi bo’ldik.

Ozarbayjon uchun Nahchivanda joylashgan harbiy bo’linmalar katta ahamiyatga ega. Ushbu harbiy bo’linmalarning mashg’ulot, logistika va boshqa zarur ehtiyojlarini ta’minlashda esa, Turkiya qurolli kuchlariga tegishli 3-qo’shinning xizmati katta. 2017 yilning iyun oyida 5 ming askar ishtirokida amalga oshirilgan Turkiya-Ozarbayjon qo’shma mashg’ulotlari ham bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kaspiy dengizining energiya resurslarini jahon bozoriga olib chiqishni nazarda tutgan “Baku-Tbilisi-Jayhun neft quviri” bilan “Baku-Tbilisi-Erzurum tabiiy gaz liniyasi” loyihalarining yo’lga qoyilishi Ozarbayjon va Turkiya o’rtasida qardoshlikni strategik sheriklikka aylantirgan muqaddas yo’lda katta qadam bo’lib hisoblanadi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi qariyb 5 milliard dollarni tashkil etadi. Maqsad  2023-yilga kelib savdo hajmini 15 milliard dollarga chiqarishtir.  

O’zaro ishonch va birdamlik asosida shakllangan Ozarbayjon-Turkiya munosabatlari xalqaro maydonda ham davom etmoqda. Ikki davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa kengashi, Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turk kengashi va Islom hamkorlik tashkilotida muvaffaqiyatli ravishda hamkorlik qilib kelmoqda. 

Bundan tashqari, bugungi kunda global loyihaga aylangan TANAP (Trans-Anadolu tabiiy gaz quvur liniyasi loyihasi) o’z faoliyatlarini yanada tezlashtirmoqda. Uning tamomlanishi bilan birga Ozarbayjon va Turkiyaning mintaqadagi o’rni va mintaqadagi strategik ahamiyati avvalgiga qaraganda yanada ortadi.

Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi yaxshi munosabatlarni biron xalqaro aloqalar nazariyasi bilan to’liq ta’riflash oson emas. Ozarbayjonlarning ham turklardek og’uz turklaridan bo’lishi, ularning tarixda birgalikda yashaganligi, geografik yaqinlik Turkiyani Ozarbayjon bilan yanada yaqinlashtirmoqda. Ikki davlatning prezidentlari davlat rahbari etib saylangach, dastlabki rasmiy ziyoratini o’zaro amalga oshirish an’anasi mavjud.

Turkiyaning Ozarbayjon bilan bo’lgan munosabati ko’p qirrali bo’lib, strategik saviyadadir. Turkiya va Ozarbayjonning o’zaro munosabati mintaqada barqarorlik va tinchlikni barpo etishni ko’zlamoqda. Ikkala mamlakat munosabatlari, dunyoning hech qaysi mamlakati uchun xavf tug’dirmaydi. 

Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari “strategik sheriklik” tushunchasini batamom, o’z ichiga qamrab olgan. Ikkala mamlakat o’rtasida 26 yillik qisqa vaqt ichida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyat va ittifoq, mustahkam qardoshlik rishtalarining ko’rsatkichidir.  

1921-yilning 14-oktyabr kuni Ozarbayjonning Anqaradagi elchisi Ibrohim Abilov o’sha vaqtning Turkiya Respublikasi prezidenti marhum Mustafa Kamol Otaturkka ishonch maktubi taqdim etar ekan Otaturk: “Ozarbayjonning xursandchiligi bizning xursandchiligimiz, taqdiri esa taqdirimizdir” degan edi. Otaturkning huddi ana shu so’zlari yillar o’tib Ozarbayjonning sobiq prezidenti marhum Haydar Aliyev tomonidan: “Biz bir millat, ikki davlatmiz” degan so’zlarida o’z aksini topdi.

Bugungi kunda Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning ustun g’ayratlari, qa’iyligi va siyosiy irodasi bilan yanada yuqori ko’rsatgichga erishmoqda.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar