• Video galereya

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 14-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlariga nazar tashlaymiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 14-qism

                     

O’tgan hafta Bolgariyaning Varna shahrida Turkiya Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida sammit bo’lib o’tdi. Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammiti va Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlariga nazar tashlaymiz.

Bolgariyaning Varna shahrida bo’lib o’tgan sammit doirasida Turkiya Respublikasi va Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakillari uchrashuv o’tkazdi. Sammitga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk, Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Jean-Klaude Juncker va mezbon Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ishtirok etdi.

Mazkur sammit anchadan beri keskin davom etayotgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Sammitda Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarini qaytatdan ko’zdan kechirish va aloqalarda muammoga sabab bo’lgan masalalar, kelishib olingan mushtarak mavzularni muhokama qilish maqsad qilindi. Sammit vositasida Yevropa Ittifoqi mulozimlari Turkiyaga talab va istaklarini, Turkiya esa Yevropa Ittifoqiga talab va istaklarini ifoda etdilar.

Eslatish joizki, Yevropa Ittifoqi komissiyasining 2016 yilda e’lon qilgan hisoboti Turkiyada noroziliklarga sabab bo’lgandi. Bir tomonlama ko’z-qarash bilan tayyorlangan hisobotda, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlaridagi pasayishdan Turkiya javobgar deb topilgan edi.

Qolaversa, Yevropa Ittifoqi komissiyasi avval va’da qilinganidek viza rejimini bekor qilishni Yevropa Ittifoqining qachon amalda bajarishi haqida ma’lum bir kun belgilamagan edi. Bundan tashqari, 15 iyul voqealarini va demokratiya uchun kurashni xuddi bir oddiy voqeadek nazar pisand qilmagan edi. 2016 yildagi hisobotning tarkibi Turkiyada e’tirozlarga sabab bo’lishi bilan, Yevropa Ittifoqi komissiyasi 2017 yilda tayyorlanadigan rivojlanish hisobotini keyinga qoldirgan edi. Mana shunday qilib, 1999 yilda Turkiyaning “Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat” deb e’lon qilingandan buyon ilk marta Turkiya bilan bog’liq yillik hisobot komissiya tomonidan tayyorlanmadi. Matbuotda aks etganidek, sammit kun tartibida asosan ikki mavzu o’rin oldi. Biri Turkiyaning o’tgan yili Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etgan Bojxona ittifoqini yangilash masalasi.

Bojxona ittifoqi kuchga kirgan 1996 yilning 1 yanvaridan beri tashqi savdoda va Yevropa Ittifoqining uchinchi davlatlar bilan bo’lgan tijoriy aloqalarida yangi vaziyatlar yuzaga keldi. Bu jarayon ayni paytda Turkiyaning 22 yil oldin fursat sifatida qabul qilgan hukmlarning ahamiyatini yo’qotdi. Yevropa Ittifoqi bilan Turkiyadan ancha keyin erkin tijoriy aloqaga ega bo’lgan boshqa  ba’zi davlatlarga berilgan haq va huquqlar Turkiyaning Bojxona ittifoqidan kelib chiqqan haq va huquqidan o’zib ketdi. Bu vaziyat ham bojxona ittifoqining mohiyatini yangilash ehtiyojini paydo qiladi.

2-muhim masala viza erkinligi. Turkiya ortga qabul shartnomasini imzolagan holda, kerakli choralarni olib, Yevropa Ittifoqi davlatlariga qochqinlar oqimini to’xtatishga katta hissa qo’shgan davlat bo’ldi. Bunga qaramay, Yevropa Ittifoqi bergan va’dasini bajarmadi. Turkiya fuqarolaridan viza talab qilishni davom ettiraverdi.

Bundan tashqari, Turkiya va Yevropa Ittifoqi o’rtasida hal qilinishi mushkul bo’lgan ihtilofli mavzular va tushuncha farqlari mavjud. Shu sababli, aloqalar bundan keyingi jarayonda ham to’xtovsiz muvozanatsizliklarga zamin yaratishini aytish mumkin.

Bugungi kunda Turkiya Yevropa Ittifoqining eng muhim strategik hamkori bo’lib hisoblanadi. Ikki tomon ham bir qancha mushtarak strategik omillardan manfaatdor. Biroq, Yevropa Ittifoqi uzoq yillar mobaynida Turkiya bilan o’zini birlashtiruvchi mushtarak jihatlarni yuzaga chiqarishda muvaffaqiyatsizlikka yo’l qo’ymoqda.

Barcha salbiy jihatlarga qaramay, oxirgi paytlarda Yevropa Ittifoqi va unga a’zo mamlakatlardan kelgan bayonotlar Yevropa Ittifoqining Turkiyaga nisbatan munosabatini o’zgartira boshlaganligidan darak beradi. Bu jarayonda Turkiyaning Rossiya bilan Suriya masalasi bo’yicha yaqin hamkorlik qilishi “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotining muvaffaqiyati, S-400 zenit-raketa tizimlarini xarid qilish qarori Yevropaning munosabatini o’zgartirishidagi eng muhim omillardan biridir.

Qolaversa, Turkiya Yevropa Ittifoqi jihatidan haqiqatdan ham muhim davlat bo’lsa, vizani bekor qilishi va qochqinlar to’g’risida bergan va’dasini bajarishi zarur. Muhimi  Turkiyaning xavfsizlik manfaatlarini to’g’ri tushunishi kerak.

Turkiya prezidenti Erdo’g’anning Varna shahrida bo’lib o’tgan sammitda ko’rsatgan g’ayrati katta ma’no kasb etadi. Erdo’g’an sammitdan so’ng qilgan izohida, Yevropa Ittifoqining Turkiyadan nimalarni talab qilganiga doir biron so’z aytmadi. Aksincha, Turkiyaning nazariyalarini, talablarini va Turkiya bilan munosabatlarda yangi sahifa ochish uchun qo’ygan talablarini ifoda etdi.

Bu talablar Yevropa Ittifoqi tomonidan inobatga olinmasa, Turkiya uchun “Yevropa Ittifoqisiz hayot yo’q” degan hayolga bormasligini aytish mumkin. Zero, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan o’rtasidagi aloqa kundan kunga kuchsizlanib bormoqda va Yevropa Ittifoqi Turkiya jihatidan ahamiyatini yo’qotmoqda.

Turkiya Kipr tinchlik harakati (1974) davrida ham, qolaversa tarixning boshqa biron davrida ham g’arbdan bunchalik yuz o’girishga majbur bo’lmadi. Shu sababli bugungi kunda qaror berish vaziyatida bo’lgan Turkiya emas, balki Yevropa Ittifoqidir. “Global kuch bo’lishmi? Yoki mintaqaviy faol sifatida qolaveradimi? Yevropa Ittifoqi bunga qaror berishi kerak.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar