• Video galereya

Turk tashqi siyosatiga nazar 15-qism

Dasturimizda Alparslan Turkeshning Turkiya tashqi siyosati haqidagi fikr va nazariyalari, uning bugungi kunda Turkiya siyosatiga ko’rsatgan ta’sirlarini tahlil qilamiz.

Turk tashqi siyosatiga nazar 15-qism

 

Turkiya siyosatida o’ziga xos o’rin egallagan lider Alparslan Turkesh, vafotiga 21 yil to’lganligi munosabati bilan Ankarada yodga olindi. Xotira kechasiga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning shaxsan o’zi ishtirok etdi. Dasturimizning bugungi sonida Alparslan Turkeshning Turkiya tashqi siyosati haqidagi fikr va nazariyalari, uning bugungi kunda Turkiya siyosatiga ko’rsatgan ta’sirlarini tahlil qilamiz.

Turkiya Respublikasining bugungi faol tashqi siyosatini anglash uchun o’tmishdagi o’rnaklarga razim solish muhim. Bu ma’noda, ma’lum bir davrda Turkiyaning ichki va tashqi siyosatini tahlil qilish uchun Alparslan Turkeshning tashqi siyosatga doir fikrlarini talqin qilish bugungi siyosatni analiz qilishimiz jihatidan muhim ahamiyatga ega.

Turkesh 1917 yilda Kiprning Lefkosha shahrida dunyoga keldi. U 1933 yilda oilasi bilan birga Turkiyaga ko’chib kelgan. Alparslan Turkeshning Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk o’rnak olgan siymo Ziya Go’kalp vafotining 50 yillik marosimida so’zlagan nutqi bu jihatdan katta ahamiyatga molik. Turkesh o’sha ma’ruzasida shunday degan edi: “Yo’limiz Ziya Go’kalpdan kuch olgan yo’ldir. Albatta, boshimizdan o’tgan kunlar yangi tuzumni paydo qildi. Ushbu yangi tuzumga ko’ra, prinsiplarda bir qator o’zgarishlar yuzaga keldi. Biroq, poydevor o’zgarmadi: “Turklashish, islomiylashish, zamonaviylashish” tamoyillari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Turkesh tashqi siyosatni “bir davlatning boshqa davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarini milliy manfaat olib keladigan shaklda shakllantirish” deb ta’riflaydi. Turkeshga ko’ra, tashqi siyosat shakllanar ekan, geopolitika muhim o’rin egallaydi. Ayni mintaqa ichida joylashgan davlatlar bilan bo’lgan munosabatlar asosiy o’rinda turadi.

Turkesh uchun tashqi siyosatni shakllantirishdagi ustuvorlik milliy manfaatlardir. Bu milliy manfaatlarning asosida davlatning mustaqilligi va xududiy yaxlitligi yotadi. Tarix mobaynida xalqlar doimiy mustahkam siyosiy tuzilish, yana ham kuchli harbiy tartib va yana ham katta farovonlik tashkil qilish uchun mehnat qilgan. Shu sababli tashqi siyosatning 2-maqsadi bularni amalga oshirishga g’ayrat qilishdir.

Tashqi siyosat bilan ichki siyosat qarama-qarshi ravishda bir-biridan kuch oladi va bir-biriga ta’sir qiladi. Turkeshning fikricha, bir davlat birdam bo’lmasa, qolaversa, bir-biriga sodiq, bir-biri bilan puxta bo’lmasa tashqi siyosati ham zayif bo’ladi. Shuningdek, ichki muvozanatda qanchalik tartibli bo’lsa, tashqi siyosatda ham shunchalik faol bo’ladi.

Turkesh BMTni qamal ostidagi xalqlarning qutqaruvchisi, iqtisodiy inqiroz panjasida bo’lgan jamiyatlarning farovonligi va dunyodagi tinchlikning kafolati jihatidan muhim deb baholaydi. Lekin, Turkeshning fikricha, BMT bu missiyasini to’la bajara olmayotir.  Bu yerda Alparslan Turkesh bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning BMTga nisbatan ayni ko’z-qarash bilan yondashganligiga va BMT xavfsizlik kengashining adolatsizligini ayni shaklda tanqid qilganiga guvoh bo’lamiz.

Shubhasiz, Erdo’g’an ham “Dunyo 5 dan katta” degan holda bu adolatsizlikni xalqaro kun tartibga olib chiqdi.

1933 yilda Otaturkning, 1944 yilda esa, Turkeshning Sovet ittifoqining tarqalishiga doir aytgan ko’z-qarashlari 1991 yilga kelib ro’yobga chiqdi. Tarix bu ikki yetakchini haqli qilib chiqardi.

Ana o’shanda Sovet ittifoqi tarqalgach, mustaqillikka erishgan Turkiy Respublikalar bilan Turkiyaning aloqalari qanday bo’lishi kerakligini Turkesh shunday ifoda etgan edi: “Turk jamiyatlari orasida yaqinlashuv va tig’iz hamkorlik yo’lga qo’yilishi boshqalariga hech qachon zarar keltirmaydi. Ro’yobga chiqarilishi orzu qilingan birdamlik va hamkorlikning g’oyasi dunyoda tinchlik, farovonlik va bahtiyorlik ta’minlash bo’ladi. Turklar dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar, boshqa millatdan bo’lgan xalqlar bilan, yoki birgalikda tinch-totuv yashagan boshqa jamiyatlar bilan do’stona hayot surishni istaydilar” degan edi.

Darvoqe, bugungi jarayonda tashqi siyosat, davlatlarning eng muhim o’zaro ta’sir vositalaridan biridir. Bir davlat ayni geografiyada yashagan xalqlar bilan mushtarak merosga ega bo’lgan jamiyatlar bilan tashqi siyosatning vositalari yordamida aloqa o’rnatadi.

Alparslan Turkeshning fikrlari doirasida xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bir davlat o’z siyosatini shakllantirar ekan, avvalo mustaqilligini va xududiy yaxlitligini tahlikaga qo’ymaydigan shaklda butun imkoniyatlarini ishga solishi zarur. Bu ma’noda Turkiya Respublikasi boshqaruvchilari tashqi siyosatni shakllantirar ekan, milliy manfaatlarini hisobga olgan holda qadam tashlashi kerak.

Alparslan Turkesh vafot etgunicha, turk xalqiga va turk dunyosiga puxta xizmat qildi. Turkeshning qat’iy kurashi, hayotini xalqiga va davlatiga bag’ishlashi juda katta o’rnakdir. Bugungi kunda Turkiya Respublikasi Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligida Otaturk va Turkeshdan qolgan merosni ko’z-qorachig’idek asrab avaylamoqda. Uning yo’lidan borgan holda turk xalqiga va turk dunyosiga xizmatini davom ettirmoqda.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: Otaturk , tashqi siyosat , Turkiya , Alparslan Turkesh

Aloqador xabarlar