Begech, Suriyadagi to’qnashuvlardagi jinsiy zo’rovonlik voqealariga e’tibor qaratdi

Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Guven Begech BMT Xavfsizlik kengashida, to’qnashuvlarda jinsiy zo’rovonlik voqealari qo’lga olingan majlisda nutq so’zladi va unda Suriyadagi to’qnashuvlardagi jinsiy zo’rovonlik voqealariga e’tibor qaratdi.

Begech, Suriyadagi to’qnashuvlardagi jinsiy zo’rovonlik voqealariga e’tibor qaratdi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining Suriyada jismoniy va jinsiy zo’rovonlikka murojaat qilganliklari ma’lum qilindi.

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Guven Begech BMT Xavfsizlik kengashida, to’qnashuvlarda jinsiy zo’rovonlik voqealari qo’lga olingan majlisda nutq so’zladi.

Begech mazkur nutqida, Suriyada ham rejim kuchlari ham da DEASh, PKK/ PYD-YPG terror tashkilotlari tomonidan qo’l urilgan, BMT ro’yhatiga ham kiritilgan “qo’rqinchli” jinsiy zo’rovonlik voqealariga e’tibor qaratdi.

Suriya tadqiqotlari bo’yicha BMTning Xalqaro mustaqil komissiyasi tomonidan o’tgan oyda chop etilgan hisobotda qayd etilgan PKK/ PYD tashkil etgan Suriya Demokratik kuchlarining Rakkada asirga olgan erkaklarga zo’rovonlik qilgani, jinsiy a’zosini yoqqanligi yoki yoqishlik bilan popisa qilganligini eslatgan Begech,

“PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti BMT hisobotlarida ham o’rin olganidek jismoniy va jinsiy zo’rovonlikka murojaat qilmoqda” deya gapirdi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres tomonidan BMT Xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan va to’qnashuvlarda jinsiy zo’rovonlik voqealari yuz berganligini o’rtaga qo’ygan hisobotiga to’xtalgan Begech, Myanmar armiyasining Arakanda Rohingiya musulmonlariga qarshi qo’l urgan zo’rovonliklarini ham nihoyatda “qo’rqinchli” ekanligini ta’kidladi.

Guven Begech xalqaro hamjamiyatning Myanmar hukumatidan arakanlik muhojirlarning xavfsiz ravishda o’z qishloqlariga qaytishini ta’minlashni, jinsiy zo’rovonlik doxil barcha qiynoqlarni bas qilinishni talab qilganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar