• Video galereya

Prezident Erdog’an Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriyaning Afrin tumanida yo’q qilingan terroristlar sonining 4 205 nafarga yetganligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriyaning Afrin tumanida yo’q qilingan terroristlar sonining 4 205 nafarga yetganligini qayd etdi.  

Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi yig’ilishida nutq so’zladi.

Erdog’an mazkur nutqida Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/ KJK/ PYD - YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini tazyik va zulumlardan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyotiga to’xtaldi.

Shu doirada terrorizmga qarshi kurashni uzluksiz va qarorlilik bilan davom etganliklarini ta’kidlagan Erdog’an,

“PKK terror tashkilotiga Turkiyada ham chet elda ham tinchlik berayotganimiz yo’q. Zaytun novdasi amaliyoti boshlagan 20-yanvardan beri Turkiyada 209, Iroqning shimolida 341, PKK terror tashkiloti a’zolaridan jami 550 terrorist yo’q qilindi. Afrinda olib borilgan Zaytun novdasi amaliyotida bugungacha yo’q qilingan terroristlar soni 4205 nafarga yetdi” dedi.  

Prezident Erdog’an o’z so’zida Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurashning ham davom etganligini belgilab o’tar ekan shu doirada,

“Turkiyadagi va chet eldagi FETO terror tashkiloti a’zolari birma-bir o’z jazolarini tortmoqda. Ulardan turmadagilari adolat oldida javob bermoqda. Qochib yurganlar esa qo’rquv ichida va shunday umr surishga harakat qilmoqda. Ulardan hech qaysinisining oqibati chet eldan olib kelingan 80 dan ortiq FETO a’zosining vaziyatidan farqli bo’lmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Prezident Erdog’an Amerika Qo’shma Shtatlarida himoya qilingan FETO to’daboshining vaziyatining ham farqli bo’lmasligini belgilab o’tgan holda,

“Ertami kechmi uni ham olamiz. Bu mamlakat va bu xalqqa hiyonat qilgan hamma oxirida kerakli jazoga tortiladi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar